So’nggi yangiliklar

00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  0 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  9 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  4 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 22:30Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотини ўтказди  1 22:11ЖЧ саралаши. Ўмон Доҳада Қатар билан дуранг ўйнади  14 21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  35 21:01"Реал" "Сантьяго Бернабеу" стадиони номини ўзгартириши мумкин  1 20:38Ансу Фати Францияда рекорд натижа қайд этди  6 19:40Ҳожимат Эркинов ЖЧда қайси жамоалар билан рўбарў келишни хоҳлайди?  12 18:43Кувайт терма жамоаси бош мураббийи: "Мен ЎФА шорт-листида бўлганман?"  8 18:19"Реал" футболчиси Испания терма жамоаси сафида жароҳат олди  3 17:40Сайфиев ва Ҳамробековлар терма жамоа машғулотида иштирок этишмади  3

“Andijon”ning sobiq legioneri Radosav Aleksich: “Xomyakov nima uchun istefoga chiqarilganini o'zi juda yaxshi biladi” Yangiliklar

“Andijon”ning sobiq legioneri Radosav Aleksich: “Xomyakov nima uchun istefoga chiqarilganini o'zi juda yaxshi biladi”

Joriy yilda katta maqsadlarni oldiga qo'ygan “Andijon” jamoasi qishki transferlar vaqtida xorijdan Artyom Litvyakov, Dimitro Zozulya va boshqa futbolchilarni taklif qildi.

Umuman olganda jamoada o'tgan mavsum harakat qilgan legionerlar Vitaliy Mirniy, Radosav Aleksich kabi futbolchilarning o'yinlari mahalliy ishqibozlarga manzur keldi. O'z o'rnida Aleksandr Xomyakov ham ular bilan o'zaro yaxshi til topishib ketganini takidlash joiz. Biz bu borada Aleksichning fikrlari bilan qiziqdik.

“Men hammasidan ham muxlislarga yuqori baho bergan bo'lardim. Mening uchun dunyodagi eng jonkuyar va mehribon ishqibozlar hisoblanadi. Ularni aslo unutmayman. Muvaffaqiyatsizliklar, salbiy jihatlar haqida fikr bildirmayman. Negaki, xotiramda faqat yorqin lahzalar qolgan. Jamoada moliyaviy tomondan muammo bo'lganini yashirmayman.

Xomyakovni jamoadan ketgani haqida eshitdim. Sizga shuni aytishim mumkinki, u yuqori saviyadagi murabbiy. Lekin, nima uchun istefoga chiqarilganini Xomyakovning o'zi juda yaxshi biladi. Jamoada to'p tepgan paytlarimda faqat pul bilan bog'liq qiyinchiliklar yuzaga keldi xolos.

Andijonlik futbol muxlislarini sog'inib qolaman va bir umr qalbimda saqlayman. Sizlarni yaxshi ko'raman. Koronavirus balosidan butun dunyo talafot ko'rmoqda. O'zbekiston bu kasallikni tezda engadi deb umid qilaman. Jamoadoshlarimga sog'lik tilayman”, - deydi bolqonlik futbolchi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика