Andijonda "Hokim Kubogi" guruh bosqich o'yinlari yakuniga etdi
18 jan 2021 22:24
Yangiliklar


Andijonda "Hokim Kubogi" guruh bosqich o'yinlari yakuniga etdi
Andijon viloyati Hokimi Kubogi qizg'in tus oldi. "A" guruhi peshqadami "Poytug'" bugun "Makro-Farm" bilan to'qnash keldi.
Etiborlisi mazkur uchrashuvga "Makro Farm" jamoasi tarkibda etiborga molik o'zgarishlarni amalga oshirdi. Yani qishki o'quv-yig'inlarda Superliga ishtirokchisi "Andijon" jamoasi safida shug'ullanib kelayotgan Javohir Qilichev, Usmonali Ismonaliev, Ibrohim Otaxonov, Baxtiyor Qosimov, Muhammadkarim Toirov, Farhod Sohibjonov hamda Jamshid Homidov singari o'yinchilar shu kuni "avtomatik" tarzda "Makro Farm" azosiga aylanib ketti. Bu esa "Poytug'" jamoasi uchun jiddiy qarshilik tug'dirdi va bu orqali Asror Rahmonov ham jamoasining imkoniyatlarini chamalab oldi.
"Poytug'" - "Makro farm" 1:2
Gollar: Qobiljon Abidov (1:0), Farhod Sohibjonov (1:1, pen), Usmonali Ismonaliev (1:2)
O’xshash yangiliklar

Fikrlar