So’nggi yangiliklar

23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  7 22:00РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" "Факел" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  3 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  819 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1

Andijon lageridan daraklar Yangiliklar

Andijon lageridan daraklar

Teglar :  Andijon
Yangi mavsumga tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini ham o'z qarorgohida olib borayotgan andijonliklar kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazmoqda.
Aytish kerakki, bosh murabbiy Vitaliy Legay. Unga mahalliy murabbiylar Abdurashid Ismoilov, Rasul Rahmonov va Bekzod Turg'unov ko'maklashmoqda. Darvoqe, Ismoilov uchun Andijon jamoasi begona emas. Boisi ushbu mutaxassis oldin ham jamoa murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan. So'nggi paytlarda esa birinchi liga qatnashchisi UzDongJu jamoasini boshqarib kelayotgandi. Rasul Rahmonovni esa muxlislar yaxshi biladi. Futbolchilik  faoliyatini jaroxat sababli majburiy ravishda erta yakunlashga qaror qilgan Rahmonov o'tkan mavsum yoshlar jamoasida murabbiy sifatida debyut mavsumini o'tkazgandi. Bekzod Turg'unov esa ayni damda darvozbonlarni shug'ullantirmoqda. Ushbu yosh murabbiy ham Andijon futboli tarbiyalanuvchisi bo'lib, ilgari Andijon yoshlar jamoasi va oliy ligada UzDongJu darvozasini qo'riqlagandi.

Endi Andijonning tayyorgarligi haqida to'xtalib  o'tadigan bo'lsak, ertalabki mashg'ulotlarda asosiy etibor jismoniy tayyorgarlik mashqlariga qaratilmoqda. Tushlikdan keyin esa SHo'rbuloq dahasida joylashgan suniy qoplamali maydonda texnik-taktik mashg'ulotlar ustida ishlanilmoqda.

Tarkib deyarli yangitdan shakllantirilishi bois bugungi kunda bir qator yangi futbolchilar  ko'rikda bo'lib turibdi. SHuni aytish lozimki, o'tgan mavsum burgutlar sharafini himoya qilgan Ibrohim Otaxonov, Farhod Bekmuratov, Anvar Berdiev kabi etakchi o'yinchilar jamoada qolib faoliyatini davom ettirishi aniq bo'ldi. Ushbu yig'in chog'ida murabbiylar shtabi asosan vodiylik futbolchilarni ko'zdan kechirmoqda. Tarkibda o'ttizdan ziyod futbolchilar o'rin olganini etirof etish lozim.

Murabbiylar ko'rikdagi o'yinchilarni nafaqat mashg'ulot jarayonida balki sinov-nazorat bahslari orqali ham tekshirib bormoqda. Xususan yaqinda UzTongXongKo (zavod jamoasi) bilan bellashib 2:1 hisobida g'alaba qozonildi. Ushbu bahsda andijonliklarning har ikki goliga ham iqtidorli hujumchi Sirojiddin Ettiboev mualliflik qildi. Asli andijonlik bo'lgan ushbu 18 yoshli futbolchi bungacha Qarshining Nasaf-2 jamoasida o'ynab kelayotgandi. Hozircha u ko'rikdan o'tmoqda.
Andijonning navbatdagi sinov-nazorat uchrashuvi bugun Farg'onaning Neftchi yoshlar jamoasiga qarshi kechdi. Vitaliy Legay shu kuni ikki hil tarkibdan foydalandi.

Uchrashuvning birinchi bo'limida hisob ochilmadi. Ikkinchi taymda esa muxlislar 4ta gol ko'rishdi. Yakuniy hisob esa 3:1 bo'ldi.

Birinchi taymdagi tarkib: Azizbek Abdullaev (Davron Jo'raqulov), Artur Mamatkazin, SHoyad Mullajonov, Mansur Mahsudov, Ahror O'ktamov, Muhammad Rasulov, Abror Komilov, Farruh Bekmuratov, Jahongir Maqsudov, SHukur Jumaboev, Alisher Abduvohidov.

Ikkinchi bo'limda esa: Davron Jo'raqulov (Farruh Turdaliev), Dilmurod Mahmudov, Qahramon Mahamadjonov, Akbar Xodjaev, G'ayrat Jo'raev, Maqsud Mahmudov, Farhod Bekmuratov, Baxtiyor Qosimov, Ibrohim Otaxonov, Alisher Abduvohidov, SHoxjahon Abbosov.

SHuningdek yana bir nechta andijonlik yosh futbolchilarga ham imkoniyat berildi.

Uchrashuvda Baxtiyor Qosimov bilan Alisher Abduvohidov penaltidan to'p kiritgan bo'lsa, Farhod Bekmuratov chap qanotdan jarima maydoni ichiga kirib borib aniq zarbasi bilan o'z hisobiga gol yozdirib qo'yishga erishdi.

Tarkibga nazar tashlasangiz o'tkan mavsum Navbahor sharafini himoya qilgan, Mahamadjonov, Jo'raev, Abbosov kabi futbolchilarni ko'rishingiz mumkin. SHuningdek tajribali futbolchi Sanjar Asqaraliev ham ayni damda Andijon mashg'ulotlarida ishtirok etayotganini takidlash lozim. Neftchi yoshlariga qarshi bahsda Asqaraliev bilan birga Anvar Berdiev malum sabablarga ko'ra ishtirok etmadi.

Murabbiylar shtabi o'tkazilayotgan uchrashuvlardan so'ng ko'rikda bo'lib turgan ayrim futbolchilarga javob berib, boshqa o'yinchilarni taklif etib sinovdan o'tkazib bormoqda.

Darvoqe, kelasi haftadan Farg'onada start oladigan ananaviy turnir - Hokim Kubogida andijonliklar ham ishtirok etadi. Ushbu musobaqa ham jamoamiz uchun foydali bo'lishi tabiiy. Selekciya jarayoni esa mavsum startiga qadar davom etadi.
Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика