So’nggi yangiliklar

21:55"Фенербахче" "Фиорентина" футболчисини 10 млн еврога сотиб олмоқчи  0 21:33"Интер"нинг собиқ эгалари Португалия клубини сотиб олмоқчи  0 21:02Арнаутович ҳам Фабрегаснинг шогирдига айланиши мумкин  0 20:40"Челси" Лукаку борасида АПЛ клуби билан келишиб олди  2 20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  2 19:18"Агар сенда "Милан" варианти бўлса, ўйлаб ўтирма!"  0 18:50Расман: Фёдор Чалов — ПАОК футболчиси!  1 18:34Расман: Страхиня Павлович — "Милан" футболчиси  1 18:08"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Камолов Жалолиддин  0 17:52"Вильярреал" ҳимоячиси АПЛга кўчиб ўтади  0 17:30Валерий Кичин: "Александр Крестининнинг қўнғироғидан сўнг "Локомотив"га ўтишим ҳал бўлди"  0 17:00Ханданович "Интер" ўсмирлар жамоасида иш бошлади  0 16:41Эшитдик-да! Ўзбекистон ОТЖ сардори Жасур Жалолиддинов тез орада легионерга айланади  29

Andijon. Federaciya Kubogi “FIMI-2005”ga nasib etdi Yangiliklar

Andijon. Federaciya Kubogi “FIMI-2005”ga nasib etdi

Teglar :  AndijonFIMI-2005
Ushbu haftada Andijonda 2005-2006 yillarda tavallud topgan futbolchilar o'rtasida musobaqa bo'lib o'tdi.

Andijon viloyati futbol federaciyasi Kubogi o'yinlari kecha o'z yakuniga etdi. Mazkur musobaqada Andijon viloyatidagi futbol ga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari, bolalar va o'smirlar futbol maktabi hamda bolalar va o'smirlar sport maktablarining jamoalari ishtirok etdi. Jami 8ta jamoa ishtirok etgan musobaqada jamoalar o'zaro ikki guruxga ajratilgan xolda, kurashga kirishildi.  


O'yinlar SHo'rbuloq dahasida joylashgan “FIMI” stadionida bo'lib o'tdi.  Guruh yakunlariga ko'ra, "A" guruhidan birinchi o'rinni "FIMI-2005" jamoasi egallab finalga yo'l olgan bo'lsa, "B" guruhida "FIMI-2006" jamoasi peshqadamlik qilib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Kecha musobaqaning final bahsi bo'lib o'tdi. Bosh sovrin uchun Andijon shahar futbolga ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ikki jamoasi o'zaro kurash olib bordi. Darvoqe, ushbu dargohning 2005 yillarda tug'ilgan bolalar jamoasiga SHoxrux Ishanov ustozlik qilayotgan bo'lsa, 2006 yilda tavallud topgan bolalar jamoasini Lochin Guldaev boshqarib bormoqda. Qiziqarli va tomoshabop ruh ostida o'tgan uchrashuvda “FIMI-2005” jamoasi 1:0 hisobida g'olib bo'ldi. 2-o'rin esa “FIMI-2006”  jamoasiga nasib etdi. 3-o'rin esa ikkita jamoa qo'lga kiritdi deya taqdirlandi. Bular Andijon viloyat futbolga ixtisoslashtirilgan maktab-internat jamoasi bilan Bo'ston dahasidagi viloyat bolalar va o'smirlar futbol maktabi jamoasidir. Musobaqaning taqdirlash marosimi ko'tarinki ruhda o'tkazildi. Unga taniqli legionerimiz Vagiz Galiulin tashrif buyurganini alohida etirof etish lozim. Bugungi kunda Rossiya premer ligasi ishtirokichisi bo'lgan “Tosno” jamoasi sharafini himoya qilayotgan 30 yoshli legionerimiz kuni-kecha o'zi tug'ilib o'sgan Andijonga tashrif buyurdi. Undan tashqari musobaqaning taqdirlash marosimiga viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i O'tkirbek Toshpo'latov, “Andijon” jamoasining sobiq hujumchisi Lochin Soliev va yana bir qator taniqli futbol shaxslari tashrif buyurdi.


Odatga ko'ra, musobaqa qatnashchilari Andijon viloyati futbol federaciyasining diplom, medal va bir qator estalik sovg'alari bilan taqdirlandi. SHuningdek har bir amplua bo'yicha musobaqada o'zini ko'rsatishga erishgan futbolchilarga ham Vagiz Galiulin tomonidan estalik to'plari taqdim etildi. SHu tariqa viloyat futbol federaciyasi Kubogi ko'tarinki ruhda yakun topdi.  

Turnir yakuniga etgach, “FIMI-2005” jamoasi ustozi SHoxrux Ishanov o'z fikrlarini bildirib o'tdi. – Har bir turnirda o'z oldimizga doim yuqori o'rinlarni egallashni asosiy maqsad qilib qo'yamiz. Garchi bolalar turniri bo'lsada, har bir bahsda ijobiy natijaga erishishga urinamiz. Bugungi final o'yini jangavor ruh ostida o'tdi. Futbol maktabimizning 2006 yillardan iborat jamoasi ham etarlicha qarshilik ko'rsatdi. Ammo tajriba borasida 2005 yillarda tug'ilgan bolalarimiz ustunlikka erishdi. Ushbu Andijon viloyat futbol federaciyasi Kubogi musobaqasi har bir jamoa uchun foydali bo'ldi deb o'ylayman. Albatta bosh sovrinni qo'lga kiritganimizdan xursandman. SHogirdlarimga rahmat. Ular berilgan ko'rsatmalarni imkon qadar har bir o'yinda bekamu-ko'st bajarishga urindi. Ushbu ijobiy natijamiz kelgusida futbolchilarimga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi deb umid qilaman. Maqsadimiz ulani to'g'ri tarbiyalab borish. Musobaqa tashkilotchilariga ham minnatdorchilik bildiraman. Qo'lga kiritilgan Kubok “FIMI” azolariniki degan bo'lardim.



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика