Ana xolos! "Nurafshon" matbuot xizmati bosh ko'tardi
14 sen 2021 10:34
Yangiliklar
Ana xolos! "Nurafshon" matbuot xizmati bosh ko'tardi
Buxoro klubi matbuot xizmati vakillari 2 oydan beri maosh berilmayotganini aytmoqda.
Bugun tongda jamoaning telegramdagi kanaliga shunday post joylashtirildi:
Ushbu kanal PFK "Nurafshon" ("Buxoro professional futbol klubi" MCHJ) rahbariyati (bosh direktor F.Xamraev, bosh murabbiy U.Toshev) tomonidan matbuot xizmati 4 nafar xodimlarining 2 oylik (iyul-avgust) maoshlari to'lab berilganidan so'ng o'z faoliyatini davom ettiradi.
P/s: Boshqa xodimlar iyun oyidan buyon oylik maoshlarini olishmagan ekan.
Bunaqasi o'zbek futbolida birinchi bor ro'y bermoqda. Bunga qadar ham matbuot xizmati vakillari oylab maoshsiz qolgan, ammo hech kim rasmiy sayt yoki telegram kanal orqali ish tashlaganini elon qilmagan edi.
Fikrlar