So’nggi yangiliklar

15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  2 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  3 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  0 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  62 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  5 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  3 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  10 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали сондан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  14 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  2 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8

Milan Mitrovich: “Futbol hayotga o'xshaydi - hamma narsa rejadagidek ketavermaydi” Yangiliklar

Milan Mitrovich: “Futbol hayotga o'xshaydi - hamma narsa rejadagidek ketavermaydi”

Jizzax jamoasi bu yil kutilganidan past natija ko'rsatmoqda.

"So'g'diyona" jamoasining serbiyalik darvozaboni Milan Mitrovich "Bunyodkor"ga qarshi bahs oldidan Superligadagi holat, jamoaning so'nggi o'yinlari va shaxsiy holati haqida fikr bildirdi. 

— Turnir jadvalida pastki pog'onalarda turganimiz, albatta, yoqimsiz holat. Lekin agar birinchi turdan to bugungi kungacha bo'lgan o'yinlarimizni tahlil qilsak, biz har bir bahsda harakat qildik, hujumlar yaratdik va raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlar tashkil etdik. Menimcha, jamoa ko'p o'yinlarda mag'lubiyat va yo'qotilgan ochkolarga loyiq emas edi. Lekin futbol hayotga o'xshaydi — hamma narsa ham rejadagidek ketmaydi. Eng muhimi, ishonchni yo'qotmasdan mashg'ulotda qattiq mehnat qilish va natija, albatta, keladi.

— Chempionatda ikki, Kubokda esa bir o'yinda ishtirok etdim. Bilasizlar, jarohat tufayli ikki oylik tanaffus qilishimga to'g'ri keldi. Endi esa  hammasi yaxshi va jamoaga yordam berish uchun tayyorman. Har yili chempionat boshqacha bo'ladi. Agar 2018 va 2025 yillarni solishtirsak, katta farq bor — bugungi kunda kuchsiz jamoa degan tushuncha deyarli yo'q. Har qanday jamoa istalgan raqibni mag'lub etsa bo'ladi. Bu esa musobaqani yanada qiziq va kurashlarga boy qiladi.

— Ha, ketma-ket ikki o'yinda g'alaba qozondik va shu ruhda davom etamiz. Keyingi uchrashuvga tayyorgarlik har doimgidek olib borilyapti — taktik, jismoniy va ruhiy jihatdan puxta ish olib boryapmiz. Har birimiz maydonda bor kuchimizni berishga tayyormiz. 


Reyting: +4   

Fikrlar

   
28 iyu 16:42:18
Odiljon
B Olqonni 2darajali.oyinchilari uchun yaxshi makon
   
28 iyu 15:05:57
Жалоладдин Мухаммадович✈
Адашмасам 7 йил бўлди шу бола Ўзбекистонда ўйнаб юурганига
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика