Ana xolos! Germaniyada 2016 yildan beri o'lgan deb hisoblangan futbolchi tirik holda topildi
05 may 2020 14:34
Yangiliklar


Ana xolos! Germaniyada 2016 yildan beri o'lgan deb hisoblangan futbolchi tirik holda topildi
2016 yildan beri o'lgan deya hisoblangan "SHalke-04" sobiq futbolchisi Xiannik Kamba tirik holda topildi.
2016 yilda avtohalokat tufayli o'lgan deb topilgan 33 yoshli Kamba Gelzenkirxenda yashaydi. Futbolchining sobiq xotini uning "o'limi" ortidan bir necha yuz ming evro miqdorida sug'urta puli olgan. Prokuratura ishni o'rganmoqda. Kamba va uning sobiq xotini sug'urta borasidagi firibgarlikda gumon qilinmoqda.
Kamba "SHalke-04" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u Gelzenkirxen klubining yoshlar jamoasida o'ynagan. Himoyachi asosiy tarkibda o'ynay olmagan, shu sabab 2008-2015 yillar davomida Germaniyaning quyi diviziondagi klublar sharafini himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar