So’nggi yangiliklar

18:30Азимжон Аҳмедов: "Андижон" билан ўзгача ҳисоб-китобимиз бор"  6 17:54ОЧЛ-2. "Насаф" - "Кувайт СК" (матнли трансляция)  5 17:42Умарали Раҳмоналиев: "АПЛда ўйнашни хоҳлардим"  7 17:14Ўзимизнинг карикатура: Ақлдан озаётган Пеп  4 16:47Қаршида бугун ОЧЛ-2 ўйини бор. Стадиондан "қайноқ" суратлар  2 16:14"Гвардиола ҳар нарсада Мессини эслайди"  18 15:45 Рустам Турдимуродов: "Навбаҳор" бизга қарши финал алами билан майдонга чиқади"  13 15:12"Бу ўйинни ўзимиз бериб юбордик"  6 14:50Сервер Жепаров Суперлиганинг энг кучли 5 мураббийи ва 5 футболчиси номини айтди  6 14:20"Футбол олами". Суперлигада қолиш учун кураш авжида ёхуд 25-турдаги барча воқеалар ҳақида   0 13:52"Бавария" "Барселона"дан учралган 1:4 дан кейин кетма-кет 7та ўйинда гол ўтказмай ғалаба қозонди  2 13:21Гвардиола: "Ўзимга зиён етказишни хоҳладим"  16 12:50Левандовски: "Ўзим ҳам ишонмагандим"  5 12:11Эшитдик-да! ЎФАга янги раҳбар қачон сайланиши маълум  17 11:34"Насаф" — "Кувайт СК". Жамоалар қайси рангдаги либосларда ўйнашлари маълум  0

Qo'riqchi-rekordchilar: tarixdagi eng qimmat darvozabonlar transferlari (mutolaa uchun) Yangiliklar

Qo'riqchi-rekordchilar: tarixdagi eng qimmat darvozabonlar transferlari (mutolaa uchun)

Darvozabonlar ishtirokidagi rekord miqdordagi bitimlar haqida gapiramiz.

Top-klublar maydondagi o'yinchilar uchun katta pullar to'lashga tayyorlar. Darvozabon esa tez-tez transferlarning umumiy oqimida yo'qolib qolishadi. Ammo, darvozabonlar uchun ham rekordga aylanadigan bitimlar uchrab turadi. Bu insonlarning maydondagi poziciyasi juda ham masuliyatli, sababi ular o'z jamoalarining hujumlarini boshlashadi va raqibnikini qaytarishadi. SHu sabab ularni mos tarzda qadrlash kerak. Bugun tarixdagi eng qimmat darvozabonlar transferlari haqida gaplashamiz.


Manuel Noyer ("SHalke"dan "Bavariya"ga, 30 mln evro)

"Bavariya" – Noyerning faoliyatidagi atigi ikkinchi klub. Nemis o'z yo'lini "SHalke"da boshlagan va o'sha erdan 2011 yilning yozida Myuxen klubiga o'tgan. Transfer narxi esa 30 mln evroni tashkil etgan. Futbolchi "rekordmayster" safida 12 yildan beri o'ynamoqda va faoliyatini yakunlaganga qadar klub afsonasi maqomiga ega bo'ldi. 37 yoshli darvozabon "Bavariya" safida 488ta o'yinda maydonga tushdi va ulardan deyarli yarmi, aniqrog'i 233tasida darvozasidan to'p olib chiqmadi. Noyerning yoshidan qatiy nazar Myunxen klubida birinchi raqam bo'lib qolishiga shubha yo'q. Nemisda hali ham "rekordmayster" darvozasini qo'riqlash uchun katta xohish bor.


Yasper Sillessen ("Barselona"dan "Valensiya"ga, 35 mln evro)

"Valensiya" 2019 yilning yozida "Barselona"ga darvozabon Yasper Sillessen uchun 35 mln evro to'ladi. Niderlandiyalik Kataloniya klubi safidagi 3 mavsum La Ligada atigi 5ta o'yinda ishtirok etganini hisobga olsa, narx yaxshigina yuqori edi. "Ko'rshapalaklar" o'yinchiga ishonch bildirishdi, ammo ularning hamkorligini muvaffaqiyatli deb atash qiyin. Yasper "Valensiya" tarkibida birinchi mavsum La Ligada 24ta o'yin, ikkinchisida faqatgina 10ta, uchinchisida esa 17ta o'yin o'tkazdi. Barchasi "ko'rshapalaklarning o'tgan yozda 34 yoshli darvozabonni Niderlandiyaning "Neymegen"iga atigi 1 mln evroga sotishgani bilan tugadi.


Tibo Kurtua ("CHelsi"dan "Real"ga, 35 mln evro)

Kurtua va Sillessenning transfer narxlari bir xil, ammo natija ikki xil bo'ldi. Belgiyalik birdan (2018 yildan) "qirollik klubi"ning birinchi raqamiga aylandi va haligacha shu maqomda. 31 yoshli darvozabon so'nggi 4ta mavsumning har birida 10tadan ortiq "quruq" o'yinlar o'tkazmoqda. U ushbu oraliqda har bir o'yinda o'rtacha bittadan kam gol o'tkazgan. Bu yaxshi ko'rsatkichlar hisoblanadi. Kurtua ko'p bor "qaymoqranglilar"ni qutqargan va buni qilishda davom etmoqda. Belgiyalikning yoshi uning poziciyasidagi o'yinchi uchun optimal, shu sabab tomonlar o'rtasidagi hamkorlik yana uzoq davom etsa kerak.


Ederson ("Benfika"dan "Manchester Siti"ga, 40 mln evro)

"Benfika" o'yinchilarni yaxshigina pulga sotishni biladi. "Burgutlar" Edersonni "Riu Ave"dan 2015 yilning yozida 500 ming evroga xarid qilishgan. 2 yil o'tib esa "Manchester Siti"ga 40 millionga sotishdi. Ammo, "shaharliklar" sarflangan pullarga achinishmaydi. Ular bu transfer bilan birinchi raqam poziciyasini uzoq vaqtga yopishdi. Braziliyalik birdan "Manchester Siti"ning asosiy qo'riqchisiga aylandi va unda hozirgacha qolmoqda. Ederson muntazam ravishda "quruq" o'yinlar bo'yicha APLning eng yaxshi darvozabonlari uchligiga kiradi, bir necha mavsumlardan beri esa ushbu reytingni boshqaradi. Angliya chempionlarining doim ham transferlar bilan omadlari kelmaydi, ammo 29 yoshli braziliyalik bilan barchasi ajoyib tarzda ishladi.


Andre Onana ("Inter"dan "Manchester Yunayted"ga, 52,5 mln evro)

Bu eng yangi transfer. Mankunianlar Onana deb 12 yil davomida jamoaning birinchi raqami bo'lgan David De Xea bilan xayrlashishdi. MYU bosh murabbiyi Erik ten Xag aynan ushbu darvozabon bilan shartnoma imzolamoqchi edi. "Inter" bilan muzokaralar oson kechmadi, ammo 27 yoshli darvozabon baribir "Old Trafford"ga keldi. Kamerunlik o'tgan mavsumni yaxshi o'tkazdi, u raqobatda Samir Xandanovichni engdi va "neradzurri"ga CHempionlar ligasi finaliga chiqishga yordam berdi. U APLda yo'qolib qolmaydi.


Janluiji Buffon ("Parma"dan "Yuventus"ga, 53 mln evro)

Buffon "Yuventus"ga 2001 yilda "Parma"dan o'tgandi. "Byanoneri" o'yinchi uchun 53 mln evro to'ladi, bu o'sha payt uchun katta pullar edi. Hatto hozir ham ko'plab klublar bunday bitimlarni amalga oshira olishmaydi. 22 yil o'tdi, ammo ushbu transfer haligacha darvozabonlarning eng qimmat transferlari uchligida. Buffon "Yuventus"ning ishonchi va sarmoyasini to'liq oqladi. Italiyalik faoliyatining katta qismini Turin klubida o'tkazdi, u jamoa bilan 21ta sovrin yutdi va "bnkoneri" afsonasiga aylandi. 45 yoshli sobiq darvozabon so'nggi bor "Parma" safida harakat qildi va yaqinda faoliyatini yakunlaganini elon qildi.


Allison ("Roma"dan "Liverpul"ga, 62,5 mln evro)

"Liverpul" Alisson kelguniga qadar mavsumiga 40-50talab gol o'tkazardi. Hozir ham "qizillar"da muvaffaqiyatsiz paytlar ro'y bersa-da, o'shanda brazililik kelishi bilan darvozadagi muammolar arigandi. Masalan, mersisaydliklar o'tgan mavsum faqatgina APLda 47ta to'p o'tkazishdi. Ammo, umumiy olganda, Alissonning transferini muvaffaqiyatli deb atash mumkin. "Liverpul" 30 yoshli darvozabonning yordami bilan Angliya chempioni va CHempionlar ligasi g'olibi bo'la oldi. Braziliyalik "qizillar"ning birinchi raqami bo'lib qolmoqda va Premer-liganing eng yaxshi darvozabonlaridan biri maqomi uchun "Manchester Siti"dagi vatandoshi bilan musobaqalashishda davom etmoqda.


Kepa Arrisabalaga ("Atletik"dan "CHelsi"ga, 80 mln evro)

Tarixda darvozabonlar o'rtasidagi eng qimmat transfer Kepanikidir. "CHelsi" 2018 yilning yozida "Altetik"ga 80 mln evro to'ladi. Bu 5 yil ichida hamma narsa ro'y berdi: ispan yaxshi paytlarni o'tkazdi, aqlbovarqilmas seyvlar amalga oshirdi, zaxiraga chiqishdan bosh tortdi, yo'qolib qoldi va asosiy tarkibdagi o'rnini qaytarib oldi. 28 yoshli darvozabonning London klubidagi faoliyati "ko'klar"ning so'nggi mavsumlardagi natijalari kabi bahslidir. Ammo, o'yinchi va klub bir-biriga mos keladi. Ularning munosabatlarisiz "Stemford Bridj" zerikarli bo'lgan bo'lardi.


Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика