So’nggi yangiliklar

00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  0 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  12 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  16 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  13 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1

Amir G'alenoi: "Ertaga Yaponiyaga qarshi kechgan bahsdagidanda yaxshiroq bo'lishimiz kerak" Yangiliklar

Amir G'alenoi: "Ertaga Yaponiyaga qarshi kechgan bahsdagidanda yaxshiroq bo'lishimiz kerak"

Osiyo kubogi yarim final Eron - Qatar uchrashuvidan oldin Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Amir G'alenoi va futbolchi Said Izzatullohi matbuot anjumanida ishtirok etishdi

- Eng muhim o'yinlarimizdan biri, futbolchilar g'alaba qozonishni istaydi. Oldin ham ushbu bosqichlarda ishtirok etganmiz, ammo bu galgisi boshqacha. Biz amaldagi chempion Qatarga qarshi o'ynaymiz. Mashg'ulotlarda sezilmoqda yigitlar g'alaba qozonishni istashadi.

- Men kim hakam ekanligini muhokama qilmayman. Bunga tashkilotchilar javob berish kerak. Meni xavotirga solayotgan bir jihat, biz Yaponiyaga qarshi uchrashuvdan so'ng 72 soatdan kamroq dam oldik. Bu esa to'liq tiklanish uchun juda kam.

- Iordaniyada bo'lib o'tgan musobaqada Qatarni 4:0 hisobida mag'lub etgandik. O'sha musobaqada ham bizni ko'p tanqid qilishgandi. Hozir o'tmishni eslaydigan vaqt emas. Yaponiyaga qarshi bahsdan keyin ham futbolchilarga ushbu o'yinni unutinglar dedim. Futbolchilar Yaponiyaga qarshi o'yindan ham ko'proq harakat qilishlari kerak. Bizning asosiy kuchimiz bu jamoaviy o'yin. Qatar himoyachilarini sekin demayman. Ertangi uchrashuvda butun Eron xalqi bizni qo'llab quvvatlaydigan muxlislarga ishonamiz.


Said Izzatullohi

- Bor etiborimizni ertangi uchrashuvga qaratganmiz. Qatar terma jamoasiga qarshi yaxshi statistikaga egamiz. Ushbu jihat bizga ko'proq ishonch beradi. Yaponiyaga qarshi o'yinni unutishimiz kerak. Yaponiyaga qarshi ko'p xatolarga yo'l qo'ydik. Xatolarimiz ustida mashg'ulotlarda ish olib bordik. Qatarga qarshi o'yinga tayyormiz.

- Pley-off bosqichida taqvim juda zich va shu sababli biz katta bosim ostida qoldik. Tezroq tiklanishimizga yordam bergan terma jamoa ishchilariga rahmat aytaman. Maqsadimiz aniq Qatarni mag'lub etish va finalga chiqish.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика