Alves: "Xetafe"dagi kiyinish xonasini boshqalar iflos qilgan va aybni bizga to'nkashdi"
05 noy 2015 16:10
Yangiliklar


Alves: "Xetafe"dagi kiyinish xonasini boshqalar iflos qilgan va aybni bizga to'nkashdi"
Ispaniyada "Barselona" futbolchilarining "Xetafe"ga qarshi bahsda (2:0) o'zini tutishi borasidagi muhokamalar davom etyapti.
"Biz "Xetafe" stadionidagi kiyinish xonasini iflos qilganimiz yo'q. Bu ishni boshqalar qilgan va aybni "Barselona" futbolchilariga to'nkashdi. Dunyoda bundanda muhimroq ishlar bor. Masalan, ochlikdan vafot etayotgan bolalar. SHunchaki hayotdan rohatlanish lozim" - deydi Alves.
Oldinroq "Xetafe"ga qarshi o'yindan so'ng "Barselona" futbolchilari Xellouin bayrami tufayli turli xil kiyimlarni kiyib "Xetafe" futbolchisi Viktor Rodriges jurnalistlarning savollariga javob berayotgan matbuot-anjumani zaliga bostirib kirgani xabar qilingan edi. SHundan so'ng, ispan OAV "Barselona" kiyinish xonasidagi suratlarni ommaga taqdim etgan. U er juda iflos va xatto bazi joylarda qizil bo'yoq izlari bor edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar