Alisson “Liverpul”da tibbiy ko'rikdan o'tadi va...

19 iyul 2018, 07:39
“Roma” posboni Alisson “Liverpul”ga o'tishga yaqin turibdi.

Braziliyalik futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Angliyaga uchib keldi. U ertaga tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi. “Liverpul” futbolchi uchun olti yillik shartnoma tayyorlab qo'ygan.

Eslatib o'tamiz, mersisaydliklar “Roma”ga futbolchining transferi uchun 75 millionga evroga yaqin mablag'ni to'lab beradi. Bu darvozabonlar uchun rekord summadagi transfer bo'lib hisoblanadi.


O'xshash yangiliklar


Manba: журналист Пол Жойснинг Твиттери