So’nggi yangiliklar

04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  95 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  27 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  8 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  10 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  3 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  8

Alisher Nikimbaev: “Har bir musobaqa kishi uchun katta tajriba maydoni” Yangiliklar

Alisher Nikimbaev: “Har bir musobaqa kishi uchun katta tajriba maydoni”

17 yoshgacha futbolchilar o'rtasida BAAda bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik avjiga chiqqan bir paytda, JCHning musobaqalar va matbuot ishlari bo'yicha menejeri Alisher Nikimbaev bilan tashkiliy masalalar bo'yicha suhbatlashdik.

Tabiiyki savollar mutaxassis faoliyat olib borayotgan bo'lim haqida berildi.

– Avvalo BAAda OAV uchun yaratilayotgan shart–sharoitlar haqida aytsangiz...

– SHaroitlar yaxshi. Matubot uchun ko'p narsa qilinyapti. Har bir matbuot anjuman yuqori saviyada o'tkazilishi borasida rejalar ishlab chiqilgan. Hech qaysi inspekciya, uchrashuv yoki majlis matbuot vakillarisiz o'tkazilmaydi.

– Turkiyadagi JCHda OAVga katta etibor qaratilmadi. Istalgan paytda matbuot anjumani joylari o'zgardi. BAAda o'zining aniq dasturi bormi?
– Biz bu vaziyatlarni Turkiyaga borib o'rganib chiqqandik. O'zbekiston va Urugvay terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tgan o'yinoldi matbuot anjumanini stadiondan mehmonxonaga ko'chirilgani hakida xabarimiz bor. Hozircha reja bo'yicha o'smirlar o'rtasida JCHdagi hamma o'yinoldi matbuot anjumanlari stadiondagi press–konferenciya xonalarida o'tkazilishi lozim. Barcha stadionlarda matbuot vakillari uchun ishlash uchun imkoniyat bor, lekin mehmonxonalar bunday sharoitga ega emas. Ammo ikkita matbuot anjumani mehmonxonada o'tkazilishi rejalashtirilmokda. Ikkalasi ham rasmiy matbuot anjumanlari bo'lib, bular ochilish marosimiga bag'ishlangan anjuman va final uchrashuvidan avvalgi FIFA va tashkiliy qo'mitaning rasmiylari bilan yig'ilish. Har ikki tadbir Abu–Dabidagi “Feyrmont” mehmonxonasida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

– Bugungi kunga kelib nechta OAV xodimi media ro'yxatdan o'tdi va qaysi davlat vakillari ko'pchilikni tashkil etyapti?
– 200ga yaqin matbuot vakillari akkreditaciya talab qilishdi. Bu son yana 200 nafarga ko'payishi kutilmoqda. Bir narsani tushuntirishim lozim, JCH uchun matubot akkreditaciyani olish unchalik oson emas. Birinchidan, jurnalist FIFAning ro'yxatida bo'lishi kerak. Ikkinchidan, FIFAdan ruxsat olgan jurnalistlar tashkiliy qo'mitaga o'zlarining pasport nusxalarini va fotosuratlarini jo'natishlari lozim. Takshiliy qo'mita hamma jurnalistlarni mahalliy xavfsizlik xizmati orqali tekshirib yakuniy ruxsatni berishi kerak.

– OAVga yaratilgan sharoitlar barcha shaharlarda bir xilmi?

– Bir xil bo'lmasligi aniq. Masalan, Abu–Dabidagi “Muhammad bin Zayd” stadionida jurnalistlar uchun 280ta joy bor. Fujayrada esa 50ta o'rindiq bo'ladi xolos. Yana bitta farq: Fujayra va Dubayda matbuot anjumani va matbuot markazi xonalari bir. Qolgan stadionlarda esa alohida xonalar mavjud.

– Ro'yxatdan o'tgan jurnalistlar uchun ettita shaharni birlashtirib turuvchi maxsus transport yo'lga qo'yiladimi? Turkiyada jurnalistlar jamoat transportidan bepul foydalanish huquqiga ega bo'lishdi.
– Avtobuslar faqat shaharning o'zida qatnaydi. FIFA ajratgan mehmonxonalardan stadionga bepul transport vositasi bo'ladi. SHaharlararo transport ajratilmagan.

– SHaxsiy fikringiz, bugungi kunda O'zbekistondagi turli OAVlarda foyda bor ammo muhim o'yinlar yoki katta musobaqalarga biron-bir tashkilot o'z xodimini avvaldan tayinlab yubormaydi. O'xshab qolsa bordi, bo'lmasa yo'q. Muxbirga xalqaro tajriba berish tashkilot uchun ham yaxshi–ku?

– Savolning o'zi mantiqiy. SHaxsan o'zim 1996 yildan beri ko'p marotaba nufuzli musobaqalarga borib kelaman. O'shanda ko'p sonli hamkasblar, mutaxassislar bilan uchrashib katta tajriba to'pladim. Nafaqat muxbir, balki futbol klublarning yoki federaciya xodimlarining bunday musobaqalarga kelishi o'zlari uchun ayni muddao bo'lardi. Masalan, bugungi kunda tashkiliy qo'mitamizda Saudiya Arabistoni ligasining marketing direktori volontyor sifatida ishlayapti. Unga oylik to'lamasa ham, o'z ishini bajaryapti. CHunki uning uchun tajriba to'plash pul topishdan muhimroq.

– Bizda asosan tekinga olib keting qabilida O'FFga xat yozishadi. Boshqa davlat OAVda bu qanday?
– Bunaqasi juda kam uchraydi.

– Viza masalasiga oydinlik kiritib o'tsangiz, akkreditaciya viza o'rniga o'tadimi?
– Yuk, akkreditaciya viza o'rniga o'tmaydi. Har bir jurnalist viza masalasini o'zi hal qilishi kerak.

– Yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi JCHlarda OAV ko'p ham faol emas, ammo kattalar o'rtasidagi JCHga talab katta bo'ladi. Jurnalistlarni tasdiqlash chog'ida FIFA jurnalistni boshqa chempionatlarda ham faol bo'lganini inobatga oladimi?

– Ha, albatta. Media kanal shuning uchun tuzilgan. FIFA jurnalistlarning turli turnirlarda ishtirokini inobatga olishi aniq.

– Siz sobiq jurnalist sifatida tashkilotchilarga qanday vazifalarni bajarish lozimligini aytdingiz va ular bu ishlarni amalga oshirishyaptimi?
– Ha, men avvalgi yillarda orttirgan tajribamni hamkasblar bilan o'rtoqlashyapman va bugungi kungacha hammamiz turnirni yuqori saviyada o'tkazish uchun kerakli ishlarni amalga oshiryapmiz.

– Umumiy olganda, BAA o'z rejasini to'liq amalga oshira oldimi?
– 100 foiz bo'lmasa ham, 95 foiz amalga oshirilgan.


Nodirxo'ja Yuldashev suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика