Alexandro Gomes: "Ko'chada hech kim yo'q!"
14 mar 2020 01:00
Yangiliklar
Alexandro Gomes: "Ko'chada hech kim yo'q!"
"Atalanta" futbolchisi Alexandro Gomes Bergamodagi holat haqida gapirdi.
"Odamlar o'zlarini biroz yig'ib olishlari kerak. Ko'chada faqatgina supermarket ishlamoqda. Biroq ularga interner orqali buyurtma berishingiz mumkin. Ular tovarni uyingizga olib kelib berishadi.
Ko'chada hech kim yo'q, qo'rqinchli kinoga o'xshaydi. Oshirib yuborayotganim yo'q. Biz Argentinadagi malumotlarni har daqiqada olib turibmiz. Odamlar extiyot choralarini boshqatdan ko'rishsa, yaxshiroq bo'lardi. Bergamoda holat og'ir.
Bu erda 400 kishi virusni yuqtirib olgan. Muxlislarimizning muhabbatini bilamiz, biroq ular o'zlarini o'ylashi va tinchgina uyda o'tirishlarini so'ragan bo'lardim", - dedi Gomes.
Fikrlar