Alessandro Nesta: "Xolandni to'xtata olardim"
08 okt 2022 16:21
Yangiliklar


Alessandro Nesta: "Xolandni to'xtata olardim"
Italiyalik sobiq himoyachi Alessandro Nesta Erling Xolandni to'xtatib qolish usulini aytdi.
– Tasavvur qiling, faoliyatining eng yuqori cho'qqisida bo'lgan Nesta ayni paytdagi Xolandni to'xtata olarmidi?
– Ha o'ynay olardim. Sababi braziliyalik Ronaldoga qarshi o'ynaganman. Xoland juda yaxshi, ammo Ronaldo boshqacha edi. Men Messi va Ronalduga ham qarshi o'ynaganman, ammo braziliyalik Ronaldo baribir boshqacha bo'lib qolaveradi.
– Himoyachilarga Xolandni to'xtatish uchun qanday maslahat berasiz?
– Unga yaqinroq o'ynashga intilardim. U yugurishni boshlaganida esa, bloklashga harakat qilardim. Agar Xolandga keng joy bersangiz – tamomsiz, – dedi "Milan" va Italiya terma jamoasi sobiq azosi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar