Ronaldu Luis Diasni "Al Nassr"da ko'rishni istamoqda - klub 100 million evro berishga tayyor
17 iyu 11:18
Yangiliklar


Ronaldu Luis Diasni "Al Nassr"da ko'rishni istamoqda - klub 100 million evro berishga tayyor
Portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu joriy yozda "Al Nassr" safida yangi sherik ko'rishni istamoqda.
Sport.es nashrining malum qilishicha, Ronaldu "Liverpul" vingeri Luis Diasning jamoaga qo'shilishini xohlamoqda.
Manbaga ko'ra, Krishtianu kolumbiyalik vingerning qanotdagi o'yinlarini ko'rib, o'zini golli vaziyatlar bilan taminlanishini istamoqda. Saudiya Arabistoni klubi "Liverpul" talab qilgan 100 million evro miqdoridagi tovon pulini to'lashga tayyor.
Avvalroq mersisaydliklar Luis Dias uchun "Bavariya" tomonidan taklif qilingan 67,4 millionni rad etgan edi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda 27 yoshli Dias barcha musobaqalarda 50 ta uchrashuvda qatnashib, 17 ta gol va 8 ta assistga mualliflik qilgan. Uning "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar