Luka Modrich: "Messi yoki Ronaldu" savoli menga yoqmaydi"
31 dek 2025 15:08
Yangiliklar
Luka Modrich: "Messi yoki Ronaldu" savoli menga yoqmaydi"
"Milan" yarim himoyachisi Luka Modrich Krishtianu Ronalduning insoniy fazilatlari haqida gapirdi.
– Messi yoki Krishtianu Ronaldu?
– Menga bu savol yoqmaydi. Ular bir davrni belgilab berishdi. Krishtianu menga yaqinroq, chunki men u bilan birga o'ynaganman, u "Real"da mening jamoadoshim bo'lgan va ishontirib aytamanki, u nafaqat buyuk futbolchi, balki aql bovar qilmas inson hamdir. Odamlar buni bilishmaydi, lekin uning qalbi juda keng, u doim yordam berishga tayyor. Va u oddiy, kamtar inson.
– Messi-chi?
– Men uni inson sifatida bilmayman, lekin u ham ajoyib ekaniga shubham yo'q. O'yinchi sifatida u qoilmaqom, – dedi Modrich.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бу ер Роналду Арабистони эмас". Саудиялик таниқли журналист Криштиануни танқид қилди
"Реал" собиқ футболчиси Мессини дунёнинг энг яхши футболчиси, Роналдуни эса иккинчи рақам деб атади
"Негрейра иши": Бош айбланувчи хотирасини йўқотмоқдами?
Туркия Кубоги. Файзуллаев ва Шомуродов гол урган баҳсда "Башакшеҳир" йирик ғалабага эришди
Fikrlar
Месси: Теллепонлар зарядкага тўл-ла.