Aleksis Sanches jarohatlandi
13 okt 2019 10:17
Yangiliklar


Aleksis Sanches jarohatlandi
CHili hamda Kolumbiya termalari ishtirokidagi o'rtoqlik uchrashuvi Aleksis Sanches uchun yoqimsiz tarzda yakunlandi.
30 yoshli futbolchi uchrashuvning 88-daqiqasida jarohati sababli maydonni tark etdi. Hozircha uning jarohati borasidagi malumotlar berilmagan va uning qachon safga qaytishi aniq emas. Qayd etilishicha, u oyog'i mushaklarini tortib olgan.
Ushbu mavsumda Sanches ijara asosida "Inter" tarkibida 4 o'yinda 1 gol kiritdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar