Aleksandr Xomyakov: "O'zbekiston - Saudiya Arabistoni o'yiniga bunchalik ko'p odam kelishini kutmagandik"
11 fev 2016 13:40
Yangiliklar


Aleksandr Xomyakov: "O'zbekiston - Saudiya Arabistoni o'yiniga bunchalik ko'p odam kelishini kutmagandik"
"Universal" sport saroyida o'tgan Eron - Iordaniya uchrashuvini "Mashal" klubi murabbiylari va futbolchilari tomosha qilishdi. Fursatdan foydalanib jamoa ustozi Aleksandr Xomyakovning fikrlari bilan qiziqdik.
- Futzal bo'yicha Osiyo chempionatida O'zbekistonning imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
- Jamoaning imkoniyatlariga baho bera olmayman, sababi futzaldan uzoqman. Ammo nima bo'lsa O'zbekiston terma jamoasi qita chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etishiga tilakdoshman. Bu mamlakat sporti uchun juda muhim hisoblanadi.
- Ayni paytda O'zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvi bo'lib o'tmoqda, lekin bu erdasizlar?
- Aslida biz O'zbekiston terma jamoasining o'yiniga kelgandik. Ammo sport saroiyga bunchalik ko'p odam kelishini ochig'i kutmagandik. SHu bois Eron - Iordaniya uchrashuvini tomosha qilish uchun "Universal" sport saroyiga keldik. Eron juda kuchli jamoa ekaniga guvohi bo'ldik, - deydi Aleksandr Xomyakov.
Marat Aksanov suhbatlashdi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar