Aleksandr Xomyakov: "Nasaf"ni haqqoniy g'alaba bilan tabriklayman"
14 iyu 2014 23:20
Yangiliklar
Aleksandr Xomyakov: "Nasaf"ni haqqoniy g'alaba bilan tabriklayman"
"Nasaf" - "Mashal" (4:2) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi qatnashdi.
- Hozir o'yin haqida gapirishim ham qiyin. "Nasaf"ni haqqoniy g'alaba bilan tabriklayman. Biz ularga qarshi hech narsa qila olmadik. Ayniqsa, himoya chizig'imiz o'ta tartibsiz harakat qildi. Xatolarimiz ustida ishlashda davom etamiz. Himoyada bu qadar xatolarga yo'l qo'yish. Bilmadim. Hozircha aniq bir narsa deyolmayman.
- Jamoa joriy mavsumda shu kungacha safar o'yinlarda mag'lubiyat nimaligini bilmay kelyotgan edi...
- Biz "Nasaf" kuchli jamoa ekanligini bilardik va shunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik. Ularning qay tariqa hujum uyushtirishini bilardik va shunga tayyor edik. Biz yaxshi himoyalandik. Ammo ayrim vaziyatlarda, asosan yakka kurashlarda biz ulargan nisbatan yarim qadam sekinroq harakat qildik. Nasaf so'nggi haftada bir nechta uchrashuvlarda maydonga chiqdi va biz ular ikkinchi bo'limda jismoniy jihatdan charchab qolishlarini kutgandik. Ammo afsuski, buning aksi bo'ldi. Ha, biz safarda ochko yig'ish borasida "Lokomotiv" va "Paxtakor"dan keyingi pog'onada edik. Ammo har qanday seriya ham vaqti kelib nihoyasiga etadi.
- Ikkinchi davrada jamoangiz safida o'zgarishlar kuzatiladimi?
- Ha biz xujum chizig'imizni kuchaytirish uchun malum o'zgarishlarni amalga oshirish niyatida edik. Bugungi o'yindan keyin himoya chizig'ini ham kuchaytirish haqida o'ylab ko'rishga to'g'ri keladi. To'rtta gol bu juda ko'p, juda...

Fikrlar