So’nggi yangiliklar

16:26Музаффар Музаффаров жамоаси билан тарихий натижа қайд этди   0 16:22"Милан" Рейндерснинг нархини "Манчестер Сити"га маълум қилди  0 15:57"Жирона" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 15:47"Арсенал" "Милан" етакчиларидан бирига қизиқиш билдирмоқда  0 15:17Расман: Хаби Алонсо — "Реал" бош мураббийи  3 14:48"Атлетик" бош мураббийи "Барселона"нинг Уильямсга қизиқиши ҳақида гапирди  3 14:12"Интер" "Рома" футболчисини харид қилмоқчи  4 13:43"Ливерпуль" бразилиялик ҳужумчи харидини кўриб чиқмоқда  0 13:05Сергей Чигодаев - Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 кубогидаги илк ўйини ҳақида  1 12:35"Челси" икки дарвозабонни кўриб чиқмоқда  2 12:04Тен Хаг топ клубга бош мураббий бўлмоқда  7 11:23"Реал" ПСЖ юлдузини харид қилмоқчи  6 11:00Каору Митоманинг янги жамоаси деярли аниқ  3 10:34Кевин Де Брюйне “Наполи“да қанча маош олиши маълум  2 10:08“Майдонда максимал даражада кучимизни сарфлаймиз, бизда ишонч бор” - Дониёр Абдуманнопов “Сурхон”га қарши ўйин, чиройли гол ва Суперкубок ҳақида  2

Aleksandr Lobanov: “Paxtakor” oldin ham bo'lgan, bundan keyin ham bo'ladi” Yangiliklar

Aleksandr Lobanov: “Paxtakor” oldin ham bo'lgan, bundan keyin ham bo'ladi”

Kecha chempionatimizning 24-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Turning markaziy o'yinida muxlislar Toshkent derbisiga guvoh bo'lishdi. Unda “Paxtakor” hamda “Lokomotiv” jamoalari kuch sinashishdi. Ushbu bahsda “sherlar”ning qo'li baland keldi (2:1). Uchrashuvdan so'ng “Paxtakor” klubi darvozaboni Aleksandr Lobanov o'z fikrlarini bildirdi.

“Derbi uchrashuvlari har doim qiyin bo'ladi. “Paxtakor” hamda “Lokomotiv” qaysi pog'onada bo'lishidan qatiy nazar, bunday o'yinlarda haqiqiy jang bo'ladi. Bu kabi bahslarda kurashish uchun maydonga chiqish kerak. Qanday holatda bo'lmasin, “Paxtakor” oldin bo'lgan, bundan keyin ham bo'ladi. Biz juda yaxshi harakat qildik. Keyingi uchrashuvlarda “Paxtakor” umuman boshqacha o'yin ko'rsatishi mumkin. Biz avvalgi holatimizni tiklab oldik, bundan xursandman. Ketma-ket 4 ta o'yinda g'alaba qozonib kelyapmiz. Musobaqa jadvalida biroz bo'lsada yuqorilab oldik. Afsuski, ushbu uchrashuvdan so'ng biroz muddat tanaffusga chiqamiz.

Endi safarda “Neftchi” jamoasi mehmoni bo'lamiz. Ushbu bahsga ham jiddiy tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Iloji boricha kuchli to'rtlikka kirib olishimiz zarur. Biz “Lokomotiv” klubini mag'lub etishni xohlagan edik. Yakunda shunday ham bo'ldi. Mavsum boshida biroz oqsaganimiz sababli hozir har bir ochko uchun kurash olib boryapmiz. Agar ushbu uchrashuvda 0:0 yoki 1:1 hisobi bo'lib turganida, men so'nggi daqiqalarda jamoadoshlarimga yordam berish maqsadida hujum chizig'iga etib borardim va g'alaba qozonishimiz uchun qo'limdan kelgan barcha ishni amalga oshirardim. Biz uchun eng muhimi g'alaba edi, yaxshi hamki buni amalga oshirdik. Raqibimiz juda ham kuchli edi. Bilmadim, ularga nimadir etishmayapti deb o'ylayman. O'ylashimcha, ular bu yil chempion bo'lishi mumkin. Biz o'z vazifamizni bajarmoqdamiz, “Lokomotiv” ham o'z vazifasini bajarmoqda. Menimcha, “Lokomotiv”ga g'alabaga bo'lgan xohish etishmadi. To'g'ri, hakam menga sariq kartochka ko'rsatdi. Lekin, men o'yin vaqtini cho'zish niyatida emas edim”, - deydi “Paxtakor” klubi posboni Aleksandr Lobanov.

Jahongir Sotvoldiev

Reyting: -22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика