So’nggi yangiliklar

23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  4 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  3 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  7 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1

Alamzada "Nasaf"ga qarshi xotirjam "Bunyodkor" yoxud turning markaziy uchrashuvi oldidan so'z Championat.asia sayti jamoasiga Yangiliklar

Alamzada "Nasaf"ga qarshi xotirjam "Bunyodkor" yoxud turning markaziy uchrashuvi oldidan so'z Championat.asia sayti jamoasiga

Coca Cola Superliganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Nasaf" o'rtasidagi to'qnashuv turning markaziy uchrashuvi hisoblanadi. Aslida bu turda muxlislarni Toshkent derbisi ham kutib turibdi. Ammo, "Paxtakor" va "Lokomotiv" jamoalari ishtirokidagi bahsda yaqqol favorit nomi malum.

Ushbu ikki jamoa ham o'tgan turda qimmatli ochkolarni yo'qotgan edi. "Bunyodkor" "Sug'diyona" bilan bahsda tayyor g'alabani qo'ldan boy bergan bo'lsa, "Nasaf" "Paxtakor"dan 1:4 hisobidagi tarsakini qabul qilib oldi. "Bunyodkor"ning holatidan ham "Nasaf"niki murakkabroq, har qanday yirik hisobdagi mag'lubiyat futbolchilarning kayfiyatiga tasir ko'rsatadi. Ularni ruhiy tushkunlikdan olib chiqish esa murabbiyning mahoratiga bog'liq. Ro'ziqul Berdiev bunday holatda qanday yo'l tutishni juda yaxshi biladi, uning murabbiylik faoliyatida bundan ham qiyin kunlar bo'lgan. SHu sababli "ajdarlar" avvalgi turdagi mag'lubiyatni esdan chiqargan holda "Bunyodkor" bilan bahsga shay holatda bo'lishligini taxmin qilish mumkin. Mazkur to'qnashuvda to'g'ri taktika va yondashuv tanlagan jamoa o'z hisobiga navbatdagi uch ochkoni yozdirib qo'yishi mumkin. 

"Nasaf" bronza yo'lida "Bunyodkor"ni taqib qilishda davom etadi, turnir jadvalidagi ochkolar o'rtasida farq ham katta emas. Vadim Abramov jamoasida esa katta yo'qotish mavjud, Lutfulla To'raev sariq kartochkalari to'rttaga etgani bois maydonga tusha olmaydi. To'raevning yo'qligi "Bunyodkor"ning o'yinida yaqqol ko'zga tashlanadi. Jamoa bir kishiga bog'lanib qolishi noto'g'ri, lekin shunday futbolchilar bo'ladiki, maydonda butun masuliyatni bo'yniga oladi, jamoani oldinga chorlaydi, etakchilikni qo'liga oladi. "Bunyodkor"ning o'yini esa Lutfulla To'raev atrofida qurilishini hamma biladi. Agarda Abramov chiziqlar orasida balansni ushlay olsa, va asosiy kamchiliklardan biri goldan so'ng futbolchilar o'zgarib qolmasa, "Nasaf"dan uch ochko tortib olishlari mumkin. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari xatolarni kechirishmaydi, himoyadagi birgina xatodan ham unumli foydalanib ketadigan futbolchilar etarlicha. Oybek Bozorov, Bobir Abdixoliqov yoki Islom Kenjaboev. Xuddi shunday o'yinchilar "Bunyodkor"da ham topiladi. Xurshid G'iyosovning safga qaytishi ham ko'p narsani hal qilib beradi, u o'z poziciyasida bugungi kunda eng yaxshilaridan biri deya olaman, "Sug'diyona" bilan o'yinda uning foydali harakatlari qo'l kelgani so'zimning isbotidir. Gapirsa gap ko'p, fikrimni shu erda yakunlab so'z navbatini "boxing day"da tinim bilmayotgan Championat.asia jamoasiga beraman. Qani ular qanday fikrda ekan?

Narzulla Saydullaev (ortiqcha tarifga xojat yo'q, saytimizning yuragi va bosh muharriri) - Bu o'yin menimcha "Paxtakor" - "Lokomotiv" uchrashuvidan ko'ra qiziqarliroq bo'lsa kerak. Sababi ikkala jamoa ham uchinchi o'rin uchun kurash olib bormoqda. Aytish mumkin bo'lsa bu bahs 6 ochkolik o'yin bo'ladi. Ro'ziqul Berdiev va Vadim Abramov o'rtasidagi to'qnashuvda qaysidir jamoa yutishini taxmin qila olmayman. Biroq uchrashuvda g'olib bo'lgan tomon bir to'p farqi bilan yutsa kerak.

SHahboz Beg'amov (tanqid kelajak mevasi shioriga amal qiladigan xodimimiz, kelajakda "Bavariya" matbuot xizmatida ishlashni maqsad qilgan hozirgi AGMK matbuot kotibi) -  Vadim Abramov tarkib jihatdan qaysidir jamoadan ustun bo'lmasa, odatda taktik jihatdan yutqazib qo'yadi. "Nasaf"da har taraflama yaxshi tarkib shakllangan. Ro'ziqul Berdiev esa Abramovga nisbatan taktik jihatdan ancha pishiqroq. Ruhiyat bo'yicha «Nasaf» barqaror bo'lib, xotirjam o'ynasa bemalol yutadi.


Aziz To'xtamurodov (qo'shni mahalla Olamsport.com saytining charchamaydigan xodimi) - Mazkur jamoalar o'rtasidagi uchrashuv doimo keskin qarama-qarshilikka boy bo'lgan. O'ylashimcha, bugun ham hujumkor futbol tomosha qilamiz. Yakuniy natija esa durang bo'lsa kerak - 1:1. 

Jahongir Fayzullaev (tosh yog'sa ham o'zining ishidan qaytmaydigan, ECHL finalida SHahboz Beg'amovga hamrohlik qilgan xodimimiz) - Menimcha qiziqarli o'yin guvohi bo'lamiz. Birinchi davra tugamoqda, uchinchi o'rin uchun kurash qizg'in kechmoqda. Tajriba va mahorat bobida "Bunyodkor"da ustunlik bor. Masalan, Lutfulla To'raevni oladigan bo'lsak, maydonda jamoani ortidan ergashtirib yuradigan haqiqiy etakchi hisoblanadi. "Nasaf"da esa jamoaviy o'yin yaxshi shakllangan, iqtidorli yoshlari bor. Ro'ziqul Berdiev "Paxtakor" bilan o'yindan keyin matbuot anjumanida ikkinchi bo'limda "Bunyodkor" bilan o'yinga tayyorgarlikni boshlab yuborishganini aytib o'tdi. Ko'ramiz, "Paxtakor" bilan o'yinda bor kuchi bilan o'ynamagan "Nasaf" "Bunyodkor"ni kichik hisobda yutsa kerak. 

Faxriddin Ro'ziev ("Milan" uchun hamon qayg'uradigan, uyqusizlik bo'yicha rekordni yangilashga intilayotgan yosh xodimimiz) - Jamoaviy o'yinga urg'u beradigan klublar to'qnashuvi men uchun har doim qiziq. "Nasaf" bugun g'alaba qozonsa turnir jadvalida "Bunyodkor"dan o'zib ketadi. Abramov boshchiligidagi "Bunyodkor" bejiz uchinchi o'rinda ketayotgani yo'q. Vadim Karlenovich jamoadagi asosiy yigitlarni terma jamoa yig'iniga ham jalb qildi. Bundan ularni kashf qilish ko'zlanmagan. Balki, shu bahona chempionat o'yinlariga tayyorgarlik ko'rishni maqsad qilgandir. Xullas gollarga boy o'tadigan bahsda "Bunyodkor" 3:2 hisobida g'alaba qozonishini taxmin qilyapman. 

Qolganlar kechagi finaldan so'ng ayni paytda ijod bilan band. Ularni esa bezovta qilgimiz kelmadi. 

Qadrli muxlis siz qanday fikrdasiz?

Abdulaziz Iskandarov  tayyorladi.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика