So’nggi yangiliklar

22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  3 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  1 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  9 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  16 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  11 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  2 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  10 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  5 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  2 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  4 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  12 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1

"Al Vahda" bosh murabbiyi: "To'rt nafar futbolchimiz birdaniga jarohat oldi" Yangiliklar

"Al Vahda" bosh murabbiyi: "To'rt nafar futbolchimiz birdaniga jarohat oldi"

OCHL 1-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Al Vahda" uchrashuvidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi va futbolchisi ishtirok etdi.

"Ertaga guruhdagi birinchi o'yin bo'ladi. SHaxsan men qiyin o'yin bo'lishini kutayapman. Ilk o'yin masuliyatli bo'ladi. Biz Toshkentga 4 nafar asosiy tarkib futbolchimizni olib kela olmadik. Ushbu etakchilarsiz o'ynashimiz bizga biroz qiyinchilik tug'dirishi mumkin", - deydi "Al Vahda" bosh murabbiyi Laurenciu Regekampf.

"Men ham murabbiyning fikrlariga qo'shilaman. Bazi futbolchilarning bu erga kela olmaganligi, Toshkentda biroz sovuq ob-havo hukmronlig va maydon biroz kichikroq ekanligi o'yinga tasir qilishi mumkin. Ammo bu bahona bo'la olmaydi", - deydi vengriyalik Balaj Djudjak.

- "Lokomotiv" bu yildagi ilk rasmiy bahsni o'tkazishi "Al Vahda"ga foydami?

- Raqib safida tajribali va mahoratli futbolchilar bor. Bundan tashqari "Lokomotiv" o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazdi. SHunday ekan ilk o'yin ekanligi u qadar bilinmaydi deb hisoblayman.



- "Al Vahda" safida 7 fevral kuni maydonga tushgan bir yo'la uch nafar legioner Sebastyan Talyabu, Murod Batna va Rim CHang Vuning birdaniga jarohat olgani juda shubhali. Ular aynan qachon va qaerda jarohat olishdi?  

- To'g'ri ular oldingi o'yinda qatnashishgandi. Ular birdaniga jarohat olishdi. Futbolda shunday holatlar ham bo'lib turadi. To'rt futbolchi ham jarohat olishgani uchun Toshkentga kelishmadi. Bu muammo bizni yanada kuchli qiladi. Tarkbimizda qolgan futbolchilar ularning yo'qligini bildirishmaydi deb umid qilaman. Asosiysi "Lokomotiv" bilan bahsda o'z o'yinimizni ko'rsata olsak bas.



- Evropa klublarida o'ynagan futbolchi sifatida Osiyo chempionlar ligasi haqida qanday fikrdasiz? O'tgan yil "Al Vahda" bilan OCHLda yaxshi natija qayd eta olmagandingiz...

Balaj Djudjak: - OCHL darajasi ham yuqori hisoblanadi. Ushbu musobaqada o'ynayotganimdan xursandman. O'tgan mavsumda o'zimiz kutgan natijani qayd eta olmadik. Nasib qilsa bu mavsumda guruhdan chiqib imkon qadar uzoqroqqa borishga urinamiz.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика