Elit OCHL. "Nasaf" so'nggi daqiqalarda to'p o'tkazib, o'z maydonida "Al Vahda"ga yutqazdi

Оқил Абдубарноев
3 noya 2025
Elit Osiyo Chempionlar ligasining 4-turidan o'rin olgan "Nasaf" – "Al Vahda" uchrashuvi yakunlandi.

OFK Chempionlar ligasi Elit. 4-tur

"Nasaf" (O'zbekiston) – "Al Vahda" (BAA) 1:2

Bosh hakam: Halid Saleh Alturais (Saudiya Arabistoni)

Yordamchi hakamlar: Muhammad Maki Alabakry, Abdulrahim Habib Al Shammari (ikkalasi – Saudiya Arabistoni)

To'rtinchi rasmiy: Husayn Alfunhush Shukri (Saudiya Arabistoni)

VAR: Sulton Sanat Alharbi (Saudiya Arabistoni)

VAR assistenti: Mamduh Mufaroh Al Shahdan (Saudiya Arabistoni)

Hakamlar nazoratchisi: Tang Ev Mun (Cingapur)

Komissar: Ahmed Shahir (Maldiv orollari)

Mahalliy media oficer: Sherzod Rajabov

Mahalliy bosh koordinator: Akmal Rahmatov

Gollar: 1:0 – 42, Sardor Bahromov (Zafarmurod Abdurahmatov), 1:1 – 52, Favor Ogbu (Dushan Tadich), 1:2 – 89, Kaio Kanedo

"Nasaf": 35. Abduvohid Ne'matov, 2. Alibek Davronov, 5. G'olib G'aybullaev (22. Igor Golban, 66), 7. Adenis Shala (77. Oybek Bozorov, 66), 8. Zafarmurod Abdurahmatov (55. Diyor Abdunazarov, 83), 10. Dragan Cheran (20. Yusuf Otubanjo, 66), 14. Sharof Muhiddinov, 18. Husayn Norchaev, 19. Stefan Cholovich (17. Suhrob Nurulloev, 76), 24. Sardor Bahromov, 34. Sherzod Nasrullaev

Zaxira: 1.Oleksandr Vorobey, 82. Asilbek No'monov, 33. Bahodir Xalilov

"Al Vahda": 1. Muhammad Hasan, 3. Lukas Pimenta, 5. Ala Eddine, 6. Muhammad G'orbani, 10. Dushan Tadich, 11. Fakundo Kruspski, 19. Ruben Filipe, 22. Bernandu Pereira (7. Kaio Kanedo, 60), 25. Jadsom Mimyas, 30. Favor Ogbu, 94. Brahima Diarra

Zaxira: 26. Haza Ammar, 36. Zaid Ahmad, 2. Mansur Solih, 8. Abdulaziz Al Blushi, 15. Mubin Degan, 32. Gonsalo Moura, 38. Arnau Algaba, 60. Badir Nosir, 68. Muhammad Al Ubaydi, 80. Abdulqodir Al Somi, 88. Darko Lazovich

Ogohlantirishlar: G'olib G'aybullaev (52), Stefan Cholovich (71), Zafarmurod Abdurahmatov (77), Brahima Diarra (77), Jadsom Mimyas (78)

MATNLI TRANSLYATSIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi.

89. GOL! "Al Vahda" standart vaziyatdan unumli foydalandi. Kaio Kanedo Ne'matovdan qaytgan to'pni bosh bilan raqib darvozasiga kiritdi.

88. "Nasaf" jarima maydoni yaqinida standart vaziyat yuzaga keldi.

83. "Nasaf"da o'zgarish.

81. Mehmonlar tomonidan yo'llangan zarbani Ne'matov egalladi. 

79. Nurulloev raqib jarima maydonida yiqildi, hakam o'yinni davom ettirishga ishora qildi.

78. Bozorovga nisbatan qo'pollik ishlatgan Jadsom Mimyas ogohlantirildi.

77. Ikki jamoaning bir nafardan futbolchisi ogohlantirildi.

76. "Nasaf"da o'zgarish.

75. Cholovichning zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.

72. Zarba! Muhiddinovning zarbasi raqib himoyachisiga tegib, maydonni tark etdi.

72. Tadichning jarimadan yo'llagan zarbasini Ne'matov qaytardi.

71. Cholovich qo'pollik uchun ogohlantirildi.

70. Mehmonlar hujumi yakunida to'p Ne'matovga kelib tushdi.

66. "Nasaf"da uch o'zgarish.

64. Zarba! Shalaning raqib jarima maydonidan yo'llagan zarbasi yuqorilab ketdi.

63. Norchaev raqib jarima maydoniga kirib, sherigiga pas berdi, ammo to'p raqibga nasib etdi.

60. "Al Vahda"da o'zgarish.

58. Zarba! Norchaevning bosh bilan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi.

52. GOL! Favor Ogbu jarimadan oshirilgan uzatmani bosh bilan "Nasaf" darvozasiga kiritdi. Ne'matov to'pni qaytara olmadi.

52. G'aybullaev qanotda raqib futbolchisini ushlab qolgani uchun ogohlantirildi.

50. Xavfli vaziyat! "Nasaf" futbolchilarining xatosidan mehmonlar unumli foydalanishi mumkin edi, so'nggi pallada Tadichni Davronov qiyinchilik bilan zararsizlantirdi.

48. Xavfli vaziyat! Abdurahmatovning jarima maydoni o'ngrog'idan uzatmasi sheriklariga yetib bormadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi.

42. GOOOOOL! Bahromov olis masofadan chap oyoqda "Al Vahda" darvozasining yuqori burchagini aniq nishonga oldi!38. Cheran raqib jarima maydonida yiqildi, hakam o'yiinni davom ettirishga ishora qildi.

37. Mehmonlarning chap qanotdan uzatmasi zarba bilan yakunlandi. Ne'matov to'pni egalladi. 

34. Ruben Filipening zarbasi darvoza ustuni yuqorisidan o'tib ketdi.

31. Tadichning jarimadan uzatmasini sheriklari zarbaga aylantira olmadi. 

29. "Al Vahda"ning burchak zarbasi bartaraf etildi.

22. Muhammad G'orbaniga tibbiy yordam ko'rsatildi. Uning boshini bint bilan bog'lashdi.

19. Bahromovning zarbasini "Al Vahda" darvozaboni egalladi.

14. Norchaev o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

10. Zarba! Kruspskining zarbasi darvoza to'sinidan qaytdi, ikkinchi urinishni himoyachi bartaraf etdi.

3. Nasrullaevning chap qanotdan uzatmasi Muhammad Hasandan o'tmadi.

1. O'yin boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqishdi. "Nasaf" qizil, "Al Vahda" oq rangli liboslarda harakat qiladi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia