So’nggi yangiliklar

19:53Де ла Фуэнте тақвим ҳақида: "Иккиюзламачилик бўлмаслиги керак"  0 19:38"Андижон"га қарши ўйинда "Қизилқум"нинг голи ўғирландими? Суперлиганинг 13-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  0 19:30Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" - ОКМК  7 19:13Шота Арвеладзе собиқ клубига қайтди  0 18:38"Олтин тўп" эгаси КЧЖни кузатмаяпти: "Барселона" ўйнамаяпти. Шундай экан... нимага уни кўриш керак?  5 17:10"Ювентус" ва Дэвид йиллик маоши 6 млн евро бўлган шартнома бўйича келишиб олди. Фуболчининг агентлари 10+ млн. евро комиссия талаб қилишмоқда  0 17:01Эшитдик-да! "Насаф" ҳужумчиси клубни тарк этмоқда   15 16:28Сардор Абдураимов: "Чемпионатдаги мағлубият учун "Нефтчи"дан реванш олдик"  5 16:19Саутгейт рицарлик унвонига сазовор бўлди  0 15:36"Машъал" "Нефтчи"ни Ўзбекистон Кубогидан чиқариб юборган ўйиндан галерея  3 15:20"Арсенал" 5 миллион фунтга "Челси"дан Кепани сотиб олади  2 15:05Бобир Абдихолиқов ва Жасур Жалолиддинов "Сумқайит"ни тарк этишди  12 14:40Жамшид Ҳасанов: "Ўзбекистон Кубогини ким ютади? Мен учун "Машъал" фаворит"  2 14:20Ҳожиакбар Алижонов нега фақат қора бутсада майдонга тушади?  11 14:00Достонбек Тўхтабоев: "Нефтчи"нинг кучли томонларини тўхтатишга тайёр эдик"  1

"Al SHabab" OCHLda O'zbekiston klublariga qarshi qanday o'ynagan? Yangiliklar

"Al SHabab" OCHLda O'zbekiston klublariga qarshi qanday o'ynagan?

9 fevral kuni Osiyo chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasidagi "Bunyodkor" - "Al SHabab" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

BAA klubi shu paytga qadar OCHLda O'zbekistonning uchta klubiga qarshi o'ynagan.

2009 yilda musobaqaning guruh bosqichida "SHabab" "Bunyodkor" bilan bir guruhdan o'rin olgandi. Dubayda o'tgan bahsda mezbonlar Issa Obayd va Musavenkosi Mguni tomonidan urilgan gollar evaziga 2:0 hisobida g'alaba qozonishgan. Toshkentda o'tgan o'yinda esa hisob ochilmagan - 0:0. O'shanda Aziz Haydarov "qaldirg'ochlar" safida bo'lajak klubiga qarshi o'ynagan. Bundan tashqari o'sha yil Toshkent klubida safida maydonga tushgan Pavel Bugalo, Murod Zuhurov, Anvar G'ofurov va Viktor Karpenko hamon "Bunyodkor"da faoliyat olib borishmoqda.



2012 yilda "Al SHabab" OCHL pley-offida o'ynagan. O'shanda jamoaga Farg'onaning "Neftchi" klubi raqiblik qilgan. Dubayda bo'lib o'tgan yagona bahsda Issa Obayd dublga erishgan, Aziz Alijonov avtogol qayd etgan - 3:0. Uchrashuvda Aziz Haydarov "Neftchi"ga qarshi maydonga tushgan. 



2013 yilgi mavsumda BAA klubi guruh bosqichida "Paxtakor" bilan o'ynagan. Dubaydagi uchrashuv taqdirini birgina gol hal qilgan. 85-daqiqada Jamshid Iskanderov tomonidan kiritilgan to'p "sherlar"ga safardagi g'alabani keltirgan - 1:0. Toshkentda esa "Al SHabab" zafar quchgan. Birinchi daqiqada Esam Dhahi hisobni ochgandi. 19-daqiqada Kaxi Maxaradze penaltidan hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'lgan. Ikkinchi bo'limda Maxaradze yana gol urgan, faqat o'z darvozasiga - 1:2. O'shanda har ikkala uchrashuvda ham Aziz Haydarov to'liq 90 daqiqadan o'ynagan. 


"Al SHabab"ning O'zbekiston klublariga qarshi o'tkazgan barcha o'yinlari:

"Al SHabab" - "Bunyodkor" 2:0
"Bunyodkor" - "Al SHabab" 0:0
"Al SHabab" - "Neftchi" 3:0
"Al SHabab" - "Paxtakor" 0:1
"Paxtakor" - "Al SHabab" 1:2

"Bunyodkor" - "Al SHabab" uchrashuvi 9 fevralda Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida soat 17:00da boshlanadi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика