So’nggi yangiliklar

19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 1:0 (матнли трансляция)  13 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  1 19:13Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912". Таркиблар эълон қилинди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  5 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  2 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  8 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0 14:4143 ёшигача тўп тепган, Ўзбекистоннинг икки карра энг яхши футболчиси Павел Бугало 51 ёшда  4

"Al SHabab" asosan texnikaga tayanadigan futbolchilarga ega" - Husayn Norchaev Yangiliklar

"Al SHabab" asosan texnikaga tayanadigan futbolchilarga ega" - Husayn Norchaev

Turkiyaning Antaliya shahrida yig'in olib borayotgan "Nasaf" so'nggi nazorat uchrashuvida "Ordabasi" bilan to'qnash kelib, minimal g'alabaga erishdi (1:0).

Uchrashuvdan so'ng qarshiliklar hujumchisi Husayn Norchaevni suhbatga tortdik.   

"Bugungi uchrashuv rejadagidek o'tdi. O'rtoqlik uchrashuvlarida ko'proq kuch sarflashimiz va "Al SHabab" bilan bahsga tayyor bo'lishimiz kerak. Kayfiyatimiz alo. Xudo xohlasa, "Al SHabab"ni mag'lub etishga harakat qilamiz va yurtimizga yaxshi kayfiyatda qaytamiz", – deya gap boshladi Husayn Norchaev. 

- "Ordabasi"ning o'yin uslubi, jismoniy tayyorgarligi Evropa kuchli klublarinikiga o'xshab ketdi...

- To'g'ri, ularning himoyachilari ko'proq bo'yi uzun va baquvvat futbolchilar ekan. Boshqa futbolchilari ham shunday. Ular shunday futbol o'ynaydi, 1-2 ta o'yinlarini ko'rgandim. "Ordabasi" tezlik va kuchga tayangan holda to'p tepadi. 

- Yig'indagi o'yinlar haqida qanday fikrdasiz? "Nasaf" 8 ta o'yin o'tkazishga ulgurdi...

- Murabbiylar shtabi kuchli raqiblarni tanlagan ekan. Yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Xudo xohlasa, endi hammasini "Al SHabab" bilan bahsda ko'rib olamiz. 

- Jamoa nazariy mashg'ulotlarda "Al SHabab" ishtirokidagi uchrashuvlarni ham ko'rib bordimi?

-  Ha, o'rganib chiqdik. Xudo xohlasa, murabbiylar o'ziga yarasha yaxshi taktika tanlashadi.  

- Turkiya yig'inidagi raqiblar o'yini bilan taqqoslasak, "Al SHabab"ning o'yini qaysi jamoanikiga o'xshab ketadi?

- Ko'proq Gruziyaning "Dila" jamoasi (2:0 – tahr.) o'yini o'xshar ekan.  Jamoa asosan texnikaga tayanadigan futbolchilarga ega. "Al SHabab" ham xuddi shunday.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика