Akrom Komilov: “Temiryo'lchilar” bilan uchta o'yinda ham bir xil hisobda mag'lub bo'ldik”
26 noy 2016 18:08
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/228946_original.jpg)
![](/upload/storage/228946_220.jpg)
Akrom Komilov: “Temiryo'lchilar” bilan uchta o'yinda ham bir xil hisobda mag'lub bo'ldik”
Ushbu uchrashuvdan so'ng “qaldirg'ochlar” himoyachisi Akrom Komilov o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi.
“Mag'lubiyatga asosiy sabab bizga omad etishmadi. CHunki yaratilgan vaziyatlarni golga aylantira olmayapmiz. Maydonda ko'p to'p bilan muomala qildik va raqib jamoaga qaraganda ko'proq vaziyatlar yaratdik. SHuncha vaziyatlar yaratayotgan bo'lsak ham nimagadir to'p “Lokomotiv” darvozasiga kirishni istamayapti.
“Temiryo'lchilar” bilan uch marotaba to'qnash kelgan bo'lsak, barchasida bil xil hisobda mag'lubiyatga uchradik. Nega bunday bo'lmoqda? Mana shu savol meni ham qiynamoqda. “Lokomotiv” jamoasini chiroyli g'alaba bilan tabriklayman. Ular bunga loyiq o'yin ko'rsatishdi. Finalda ularga omad tilayman”, - deydi “Bunyodkor” himoyachisi Akrom Komilov.
Jahongir Sotvoldiev
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar