Akmal SHorahmedov: "Jasur Hasanov Oliy ligadagi eng kuchli futbolchi"
05 sen 2015 22:10
Yangiliklar


Akmal SHorahmedov: "Jasur Hasanov Oliy ligadagi eng kuchli futbolchi"
Saytimizdagi "GOAL" loyihasi mehmoni bo'lgan Akmal SHorahmedov Oliy ligadagi eng xavfli futbolchi kim degan savolga quyidagicha javob qaytardi:
- "Jasur Hasanovning kuchli bir hislati bor –
Hasanov to'xtamasdan oldinga chopadi. Foyda keltirish bo'yicha Jasur Hasanov
O'zbekistondagi istalgan futbolchidan kuchli. Buni avval ham, hozir ham aytaman.
Hozirgi chiqayotgan yoshroq futbolchilarga ham shuni aytaman. Masalan Pishurni olaylik.
Jasur Hasanov uni har doim pas bilan taminlab turardi va u to'purar bo'ldi. Ayni
paytda o'sib kelayotgan yosh vingerlar jarima maydonchasi ichiga kirib boradida pasni
vaqtida bermaydi. Ushanchun
hujumchilarimizning samaradorligi pasayib ketgan. Hujumchilar kimgadir bog'liq
futbolchilar. Jasur Hasanov to'xtamasdan ochiladi. Bu har qanday himoyachiga katta
qiyinchilik tug'diradi. Unga yaqinroq keladigan futbolchi yo'q. Qolganlar deyarli bir
xil darajada", - deydi Akmal SHorahmedov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar