Aguero "Manchester Siti" tarixida eng ko'p sorvin yutgan o'yinchiga aylandi
12 may 2021 13:08
Yangiliklar
Aguero "Manchester Siti" tarixida eng ko'p sorvin yutgan o'yinchiga aylandi
"Manchester Siti" joriy mavsum Angliya chempionatida muddatidan oldin g'alabaga erishdi.
Bu hujumchi Serxio Aguero uchun klub tarkibidagi 15-si bo'ldi. U bu ko'rsatkich bilan David Silvadan o'tib ketdi va "Man Siti" tarkibidagi eng sovrindor o'yinchiga aylandi.
Aguero 2011 yildan beri "Manchester Siti"da o'ynaydi. U bu vaqt davomida Angliya chempionatini 5 bor, liga Kubogini 6 bor, Superkubokni 3 bor va bir bor mamlakat Kubogini qo'lga kiritdi.
Klub mart oyi so'nggida argentinalik futbolchi joriy mavsum so'nggida shartnomasi yakunlangandan so'ng ketishini malum qilgan edi.
Forvard "Man Siti" tarkibida 18ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar