So’nggi yangiliklar

19:14Жоан Лапорта: "Флик баҳона изламайди ва бор имкониятидан максимал фойдаланишга уринади"  0 18:50Куман Бергвейннинг "Ал Иттиҳод"га трансфери ҳақида кескин фикр билдирди  0 18:29Ўзбекистон терма жамоасининг иккинчи кун машғулотлари — Шомуродов, Турғунбоев ва Ҳусанов Тошкентда  2 17:36Пеп Гвардиола: "Роналдо ва Роналдиньо каби футболчиларни бошқа кўрмадим"  7 16:54Тарихда шу кун. Гейнрихнинг омадли қайтиши, Шомуродовнинг дебют ўйини, ёхуд Ўзбекистон – Яман 1:0  7 16:49"Барселона" ярим ҳимоячиси жароҳат сабаб 3-4 ҳафтага сафдан чиқди  0 16:22"Манчестер Юнайтед" бош директори: "Эрик тен Хаг бизга мос мураббий"  7 15:36АПЛдан Саудия Арабистони томон навбатдаги трансфер ҳал бўлди  0 14:59ЖЧ-2026 саралаши. Ироқ терма жамоаси таркиби эълон қилинди — рўйхатда А Сериядан ҳам вакил бор  0 14:10ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон — КХДР учрашувини ким бошқариб бориши ёдингиздами?  11 13:41"Ливерпуль" собиқ футболчиси АПЛга қайтишга яқин  2 12:50"Бенфика" Туркия терма жамоаси етакчиларидан бирини сотиб олди  2 12:22Водий дербиси қачон ўтказилади? Суперлиганинг октябрь ойи тақвими  0 12:05Иброҳимҳалил Йўлдошев тўп тепаётган "Қайрат"да бош мураббий ўзгарди  2 11:42Саудия Арабистони клуби яна бир бразилияликни ўз сафига қўшиб олди  1

Aguero Anrini ortda qoldirdi va APL tarixida eng yaxshisi bo'ldi, lekin... Yangiliklar

Aguero Anrini ortda qoldirdi va APL tarixida eng yaxshisi bo'ldi, lekin...

Lekin Pep uni eng yaxshi forvard deb hisoblamaydi.

Kecha "Manchester Siti" jamoasi  mehmonda "Aston Villa"ga qarshi maydonga tushdi va 6:1 hisobida g'alabaga erishdi. Pep shogirdlari 90-daqiqada gol o'tkazib yubordilar: o'yinchilar gol urishdan charchab, kichik xato yuz berdi — Gyundogan Trezegeni tepdi va penalti belgilandi.

Kun qahramoni — Serxio Aguero. Argentinalik 3ta gol urdi. Natijada "Villa"ga qarshi o'yindan so'ng "Siti" forvardining ismi APL afsonalari orasiga zarhal harflar bilan yozib qo'yildi. Masalan, liga tarxidagi eng yaxshi to'purarlar beshligiga kirdi. SHu harakati bo'lsa, bu ketishda 4-lik, keyin 3-likdan o'rin olishi aniq. Qolaversa, u APL tarixidagi eng yaxshi chet ellik to'purar Anridan ham o'zib ketdi.

Va bu hammasi emas. Quyidagi faktlar bilan tanishing.

• Aguero  — APL to'purarlari poygasida (barcha davrlarda) "TOP-5"da faqat bir klub uchun gol urgan yagona o'yinchi.

• Yakshanba kuni aynan Aguero "Aston Villa"ni engdi, biroq u top-klublarga ham etarlicha gol uradi. Uning 177ta gollaridan 11tasi — "Tottenxem", 10tasi — "CHelsi", 8tasi — "Arsenal" va "MYU", 7tasi — "Liverpul" darvozasiga urilgan. Eng ko'p marta "Nyukasl" (15) darvozasini ishg'ol etgan. Yana bir muhim fakt: "MYU" darvozasiga argentinalikdan faqat bitta o'yinchi ko'proq gol urgan — Alan SHirer (10).

• Aguero gollar samaradorligi bo'yicha APLda 100dan ortiq gol urgan forvardlardan oldindadir. U o'rtacha har 106 daqiqada gol uradi, Keyn har 120 minutda, Anri esa har 122 daqiqada raqib darvozasini ishg'ol qiladi.

Aguero bilan birga faoliyat yuritadigan insonlar ham bular shunchaki tasodif emasligini takidlashmoqda: "U doim hamma narsani tahlil qiladi, darvozabonlarning o'yin uslubini o'rganadi — deydi "Siti"ning sobiq kiperi Villi Kabalero "The Athletic" nashriga bergan intervyusida. — U birga-bir vaziyatga chiqar ekan, raqib darvozaboni uslubidan kelib chiqqan holda zarbani amalga oshiradi".

Joleon Leskott ham hayratda: "Uning ilk mashg'uloti yodimda. U Kompanini aldab o'tdi, meni ham ortda qoldirdi. Lekin bu paytga kelib Vinni (Kompani) oyoqqa turib ulgurgandi va to'pni olib qo'yadigandek edi. Biroq Aguero uni yana aldab o'tdi va men Kompaniga qarab, o'ylab qoldim: "Ha, bu ajoyib transfer". U APLning boshqa forvardlaridan farqli tarzda ajralib turadi".

Pep o'yinchi haqida shunday deydi:

— "Siz ishlagan forvardlar orasida eng yaxshisi Agueromi?", — deb so'rashdi Gvardioladan "Villa"ga qarshi o'yindan so'ng.
— Eng yaxshisi - Messi.
holda, eng yaxshi "to'qqizinchi raqamli" futbolchingizmi?
— Messi ham eng yaxshi "9", ham "10", "11", "6" va "4" raqamlar ham u.

Gvardiola "Siti"ni yirtqichga aylantirdi, ammo Pep kelguncha ham Aguero yirtqich futbolchi edi. Kataloniyalik APLga kelganida, Serxio hisobida 125 o'yin bor edi. SHu bilan birga, Pep va Serxio o'rtasidagi munosabat ideal emas. Hammasi arzimagan narsadan boshlangandi: Aguero jamoadoshlari orasida ingliz tilida eng yomon so'zlashadigan o'yinchi edi. Gvardiola esa barcha futbolchilar ravon gapirishlarini talab qilardi (misol uchun, shu masala yuzasidan Aleksandr Gleb bilan ham janjallashgan).

Futbolchi Manchesterga ko'chib o'tganida ilk muammolardan biri Agueroning pressingda faol qatnashmasligi bo'lgan edi. Pep va Serxio o'rtasidagi asosiy mojaro 2016/17 yilgi mavsum — ECHL doirasida "Barsa"ga qarshi bahsda forvard zaxirada qoldirilganida sodir bo'lgan (natijada 0:4 hisob bilan mag'lub bo'lishgan). SHunday bo'lsa-da, Gvardiola ular o'rtasida hech qanday nizo yo'qligini takidlagan: "U nega zaxira o'rindig'idan joy oldi? SHunchaki yarim himoyada menga yana bir o'yinchi kerak edi".

O'sha mavsumda Pep Agueroning himoyadagi harakatlari uni hayron qoldirmagani haqida aytgandi: "Albatta, u Gabi yoki Bernardo Silva kabi ko'p harakat qila olmaydi, lekin har bir futbolchining ustun jihatlari bo'ladi.

Yillar o'tmoqda va murabbiy hamda futbolchi o'rtasida bu boradagi kelishmovchiliklar haqidagi gaplar kamayib bormoqda. Bu mavsum hujumchi va murabbiy zaxira o'rindig'idayoq janjallashib qolishdi. Keyinroq Pep vaziyatga oydinlik kiritdi: Aguero murabbiy uning o'yinidan mamnun bo'lmagan deb o'yladi, aslida esa unga hech qanday etirozi yo'q edi. Bu shunchaki tushunmovchilik.

Vaqt o'tib Aguero taktik jihatdan ancha kuchaydi, ammo baribir Gvardiola "dunyosida" eng yaxshi bo'la olmadi.

Aytgancha, bu ko'pchilikning yodidan ko'tarilgan bo'lsa ham kerak, lekin Aguero 2011 yil "Siti"ga bor yo'g'i 36 mln evro evaziga ko'chib o'tgandi. Lekin o'sha kelishuvda ispanlarni xursand qiladigan punktlar ham bor edi: Agueroning har 15ta goliga "Atletiko" 250 mingdan, har 25 o'yin uchun – yana 250, APL chempionligi uchun esa yana bir milliondan ishlab olardi.

Mavsumning daxshatli yakuni yodingizdami? 11/12-yillar mavsumi oxirida Aguero o'yinning 93:20 (94-daqiqasida) titulni jamoasiga olib berdi. Bu gol argentinalik uchun mavsumdagi 30-si edi. SHu soniyada "Atletiko" 1,25 mln evro ishlab olgandi. Aguero esa klub tarixidan alohida joy olgan. Endi esa u – APL afsonasiga aylandi!


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика