Agar UEFA Ronalduni jazolasa, bu ahmoqlik bo'ladi
19 mar 2019 23:55
Yangiliklar


Agar UEFA Ronalduni jazolasa, bu ahmoqlik bo'ladi
“Yuventus” yarimhimoyachisi Federiko Bernardeski jamoadoshi Krishtianu Ronalduning UEFA tomonidan CHL o'yinlaridan diskvalifikaciya qilinishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o'z munosabatini bildirdi.
“Ronalduni jazolashadi deb o'ylamayman. Agar UEFA shunday qiladigan bo'lsa, bu ahmoqlik bo'ladi. Bu harakat shunchaki, xursandchilikdan amalga oshirildi. Ronaldu har doim xotirjam va o'zini tutib olgan. Hozir barchamiz yakuniy qarorni kutmoqdamiz. Ronaldu barcha jabhalarda yuqori o'rinda turadi. U o'zini Angliya va Ispaniyada ko'rsatdi. Mana endi Italiyada ham nimalarga qodirligi namoyish etmoqda. U “Yuventus” uchun ko'p narsani berdi. SHunday futbolchi bilan birga o'ynash, seni yanada kuchli qiladi. Barchasi yaxshi bo'ladi.” – deydi turinliklar futbolchisi.
Eslatib o'tamiz, UEFA portugaliyalik futbolchi bo'yicha yakuniy qarorini 21-mart kuni chiqaradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar