So’nggi yangiliklar

23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  0 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  2 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  2 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  11 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  62 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1

Abror Pirrievdan maqola: Futbol. Kovid. Vakcina. Yangiliklar

Abror Pirrievdan maqola: Futbol. Kovid. Vakcina.

O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Lokomotiv" futbol klubi shifokori Abror Pirriev hammamiz uchun dolzarb bo'lib turgan mavzuda o'z maslahatlarini berdi.

Ar-Riyodda bo'lib o'tgan JCH saralash bahslariga tayyorgarlik boshlanganda o'quv-mashg'ulot yig'inining uzoq muddat davom etishi, pandemiya davom etayotgan vaziyatda samolyotda uchish va ikkita chet mamlakatga borishimiz, aeroportu mehmonxonalarda turli insonlar bilan ixtiyorsiz kontakt ehtimolini inobatga olgan holda butun jamoani emlash yoki emlamaslik masalasi oldimizda ko'ndalang turgandi.

O'shanda jamoa shifokori sifatida quyidagi poziciyamni ilgari surgandim: "Yig'inga qariyb o'ttizta futbolchi jalb qilingan. Yoppasiga emlash ular organizmida qanday jarayonlarga sabab bo'lishini oldindan bila olmaymiz. CHunki yig'in mahali jismoniy yuklama olayotgan futbolchining immun tizimi zaiflashadi hamda turli kasalliklarga chalinish ehtimoli ortadi".

"Kuchsizlantirilgan bo'lsa-da, malum miqdordagi virus komponentlaridan iborat vakcina immun tizimi zaiflashgan organizmda nojo'ya tasirlarni keltirib chiqarish ehtimoli yuqori. Bu degani yoppasiga emlash butun jamoa salomatligini sinov ostida qoldirish demakdir va hech kim barchasi ko'ngildagidek bo'ladi deb kafolat bera olmaydi".

"Agarda nojo'ya tasirlar ortsa yig'in ko'ngildagidek o'tmasligi tayin, o'z navbatida muhim o'yinlarga ko'ngildagidek tayyorgarlik ko'ra olmasligimiz ham aniq. SHunday ekan, ayni damda jamoani emlash haqida emas, balki ularning immun tizimini kuchaytirish, koronavirusga qarshi himoya qo'rg'onini yaratish maqsadida zarur vitaminizaciya chora-tadbirlarini amalga oshirishimiz hamda jamoa azolarining kunlik salomatligini nazorat qilish, shaxsiy gigiena va o'zini asrash tadbirlarini amalga oshirishi uchun sharoit yaratish, jamoadan tashqari insonlar bilan muloqotini cheklashimiz darkor".

Mutasaddilar fikrimni qo'llab-quvvatlashdi va bir oy davom etgan yig'in va o'yinlar davomida Yaratganga shukur, birorta kasallikka chalinish holati kuzatilmadi.

Bugunga kelib pandemik holat yanada murakkablashdi hamda futbol klublarining mutasaddilari va jamoa shifokorlarining jamoani yoppasiga emlash yoki emlamaslik masalasida ikkilanib turganiga guvoh bo'lmoqdamiz hamda bu borada fikrimni so'rab murojaat qilganlar talaygina.

"Lokomotiv" misolida mening oldimda ham shunday savol turgandi. Bu masalada o'z poziciyamni yuqoridagidek qoldirishni to'g'ri deb hisobladim. Har qalay sinalgan yo'l. Yozgi yig'in davri juda qisqa. Issiq ob-havoda kuchli yuklamalar fonida futbolchilar organizmi toliqishi, immun tizim holati qoniqarli emasligi aniq.

Yuqorida aytganimday yoppasiga emlash barobarida nojo'ya tasirlar girdobida qolish ehtimoli yuqori (Mutaxassislar emlangan inson har qanday jismoniy zo'riqishlardan saqlanib tursin deyishayotgan bo'lsa). Bu degani yig'in, keyinchalik o'yinlar sifati ham tushib ketishi tayin degani. Eng asosiysi, emlangan futbolchilar sog'ligi yuklamalar fonida xavf ostida qolishi mumkin.

Bizning jamoa misolida yig'in boshlanguniga qadar kasallik alomatlari sezilgan ikki futbolchi izolyaciyalandi, qolganlar yuqorida aytilgan tarzda nazoratga olinib, vitaminlarga to'yintirilib, mashg'ulotlarga jalb qilindi va Yaratganga hamdlar bo'lsin barcha sog'-salomat yig'inni yakunlash arafasida. 

Xulosa: Futbolchilar umuman emlanmasliklari kerak demoqchi emasman. Ammo ushbu emlash tadbirini yoppasiga, ayniqsa hozirgi yig'in va tig'iz jadval asosidagi muhim o'yinlar oldidan o'tkazmay, balki emlashni “shaxmatsimon” tarzda bosqichma-bosqich amalga oshirgan maqul deb hisoblayman.

Masalan: turli ampluada to'p suradigan malum bir futbolchilardan iborat emlanish guruhchalarini tashkil qilish kerak. Ularni emlashga tayyorlash, emlanish uchun qarshi ko'rsatmalar yo'qligiga ishonch hosil qilish, jismoniy yuklamalarni korrekciya qilish hamda safga qaytguniga qadar tibbiy nazoratda ushlab turish lozim. SHu bilan sizda emlanganlarni nazorat qila olish, zaruriyat tug'ilsa ularga tibbiy yordam ko'rsatish, nojo'ya tasirlar kuzatilsa, vaziyatdan katta yo'qotishlarsiz chiqib keta olish imkoni tug'iladi.

SHu bilan bir qatorda jamoani malum bir joyda ushlab turish, begonalar bilan kontaktni cheklash, quvvatlovchi va virus yuqish ehtimolini kamaytiruvchi vitaminlar bilan to'yintirish, ovqatlanish racionini yuklamalarga mos ravishda to'yimli va sifatli tuzish, kasallik tug'ilishiga sharoit yaratuvchi omillarni minimallashtirish, kimdadir kasallik alomatlari paydo bo'lsa uni darhol izolyaciyalash, zarur muddatdan so'ng kerakli test natijalari asosida safga qaytarish muhim hisoblanadi.

Bugunga kelib, har qanday holatda ham jamoani yoppasiga emlashga qaror qilgan mutasaddilar futbolchilar uchun albatta qisqa muddatli tatil tashkil qilishlariga, jismoniy yuklamalarni butunlay to'xtatib, emlashdan avval va keyingi kunlar davomida to'pteparlar sog'ligidan xabardor bo'lib turishlari, kutish mumkin bo'lgan xavfli holatlar ortda qolgandan keyingina to'laqonli mashg'ulotlarga kirishishlariga to'g'ri keladi. SHundagina emlashdan ko'zlangan maqsadga erishiladi.

Hozirgi pandemik vaziyatda biz futbol shifokorlarida masuliyat yanada ortgan. Ushbu holatda futbol oilasining salomatligi haqida qayg'urish, milliy chempionatimizni ko'ngildagidek davom ettirish uchun barchamiz birdek masulmiz. SHularni anglagan holda o'z tajribam bilan o'rtoqlashish barobarida barchamizga omad tilab qolaman.

Ehtirom ila Abror Pirriev.

P.S. 1. Hozirgacha yig'ilgan tajribalardan kelib chiqqan holda jamoani muttasil PCR yoki antitanachalar uchun test topshirtiraverishga majbur qilish yaramasligi malum bo'lib qoldi. Asosiy mezon jamoa shifokorining futbolchilar salomatligini nazorat qilishi barobarida kimdadir klinik belgilarni sezsa buni to'g'ri baholab, zarur tekshiruvlarni o'tkazish va vaziyatga qarab qaror qabul qilishidadir.

2. Kasallik alomatlari namoyon bo'la boshlagan ilk davrdan yoki PCR tekshiruvi musbat chiqqan kundan boshlab futbolchi sakkiz kunlik izolyaciyaga olinadi va ushbu muddat tugagach 72 soatlik farq bilan 2 marotaba ketma-ket topshirilgan PCR testning manfiyligi uni safga qaytarishga asos bo'la oladi.

3. Yoppasiga emlashni reja qilgan klub mutasaddilari jamoa uchun kamida bir haftalik tatil tashkil qilishlari, jumladan emlashgacha bo'lgan uch kunni tibbiy nazorat, vitaminizaciya va futbolchilar salomatligiga baho berish uchun sarflasa; to'rtinchi kuni emlash; keyingi uch kun davomida emlashdan keyingi kuzatuv, zarur holatlarda tez tibbiy yordamni taminlashga sarflashlari lozim. SHu vaqt mobaynida emlashgacha bo'lgan uch kun mobaynida o'ta engil yuklamali mashg'ulotlar mumkin bo'lsa, emlangan va undan keyingi uch kun hech qanday yuklamalar berish tavsiya etilmaydi; undan keyingi kunlar esa har bir futbolchining tibbiy holatiga individual yondoshgan holda asta-sekin yuklamalarni orttirib borish tartibida umumiy mashg'ulotlarga qaytilishi lozim hisoblanadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика