So’nggi yangiliklar

22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  0 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   30 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  5 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  0 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  6 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  24 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2 18:08МЮ ва бошқалар Дуглас Луис учун курашмоқда   0 17:41VAR ишламаган, иккита камерада трансляция қилинган "Динамо" – "Насаф" беллашувидан ГАЛЕРЕЯ  6 17:19Артета янги трансфердан мамнун: "Субименди "Арсенал"га жуда мос келади"  0 16:50"Манчестер Юнайтед" "Палмейрас" ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 16:22Ракитич футболчилик фаолиятини якунлади  3 15:59Сон Хён Мин "Лос-Анжелес"га ўтишдан бош тортди  1

Abbos Otaxonov - AGMK futbolchisi! Yangiliklar

Abbos Otaxonov - AGMK futbolchisi!

Teglar :  Abbos OtaxonovAGMK
Ishonchli o'yinlari bilan mudofaa chizig'ida qo'rg'onga aylanadigan Otaxonov endilikda "konchilar" libosida harakatlanadi.

"Jamoamiz o'tgan yillar mobaynida «Metallurg» sharafini himoya qilgan himoyachi -  Abbos Otaxonov bilan shartnoma imzoladi. Mustahkam va ishonchli harakatlari bilan mudofaa chizig'ida qo'rg'onga aylanadigan Otaxonov endilikda "konchilar" libosida AGMK shanini himoya qiladi. Abbos Otaxonov erkin agent sifatida jamoamiz bilan 1 yillik bitimga imzo chekdi.

Abbos Otaxonov 1995 yili 25 avgust kuni Farg'ona viloyatida tavallud topgan.

"Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Abbos Otaxonov 2015 yildan etiboran katta futbolda. Futbolchi 2016 yilgi mavsumni "sherlar" safida o'tkazib, 10 o'yinda maydonga tushgan. 2017 yilgi mavsumda esa Otaxonov "Navbahor" safida elitada 17 bellashuv o'tkazgan hamda 1 bor gol muallifiga aylangan. 2018 yildan etiboran ketma-ket uch mavsumni "Metallurg" safida o'tkazgan Abbos Otaxonov jami 78 o'yinda maydonga tushib, 3 bor gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Abbos Otaxonov 6 yillik faoliyati davomida barcha musobaqalarda jami 117 o'yin o'tkazgan va 4ta gol urgan.

Otaxonov O'zbekiston yoshlar terma jamoasi safida 2018 yilgi Xitoyda o'tgan Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati g'olibi hisoblanadi.

U himoya chizig'ida ham o'ng qanot va markaziy himoya nuqtalarida ishonchli va barqaror o'yin ko'rsatadigan iqtidor sohibi.

Umid qilamizki, Abbos AGMKning ishonchli qo'rg'onlaridan biriga aylanadi va jamoamizning yutuqlariga o'z hissasini qo'shadi.

AGMK ahil oilasiga xush kelibsan, Abbos!", – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

"Yangi jamoaga yangi maqsadlarni ko'zlab o'tdim. AGMKda ahil jamoa yig'ilganini ilk kundayoq his etish mumkin. Yuqori maqsad va vazifalarni uddalash hamda Osiyo maydonlarida muvaffaqiyatli o'ynashni istayman. Menga bildirilgan ishonchdan xursandman. O'z o'yinlarim bilan jamoaga foyda keltirish va muxlislarni xushnud etish uchun bor kuchimni sarflayman", – deydi Abbos Otaxonov. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика