So’nggi yangiliklar

07:35Sofascore. Супер ўйин кўрсатган Файзуллаев ва Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 02:01Италия Суперкубоги. Нереснинг дубли "Наполи"га соврин олиб берди  1 01:27Элит ОЧЛ. Ҳамробеков жамоаси сўнгги дақиқаларда ғалабани илиб кетди, "Ал Ҳилол" ва "Ал Аҳли" меҳмонда зафар қучишди  0 01:05"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"  9 00:26Ироқ. Шерзод Темировнинг голи "Эрбил"ни мағлубиятдан қутқариб қолди, у 8 та баҳсда 8 та гол урди  4 00:00"Бунёдкор" уч футболчи билан шартномани узайтирди  0 23:41Расман: "Барселона" ва ПСЖ собиқ юлдузи 32 ёшида фаолиятини якунлади  2 23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нуқтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  1 22:53"Ғазалкент" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  4 22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  7 22:04"Қизилқум" Шукуров билан шартома имзолади  1 21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  21 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  5 19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   2

Ekspert fikri. Ibrohim Otaxonov: "Andijon"ga nafaqat bugun balki keyingi o'yinda ham oson bo'lmaydi" Yangiliklar

Ekspert fikri. Ibrohim Otaxonov: "Andijon"ga nafaqat bugun balki keyingi o'yinda ham oson bo'lmaydi"

Superliganing 20-turida bir qator qiziqarli va shiddatli uchrashuvlar bo'lib o'tmoqda.

Aksariyat uchrashuvlarda kurash maydon ichida yoki tashqarisida bo'lyapti. Muxlislar jamoalarini tinimsiz qo'llab-quvvatlayotgan bo'lsa, futbolchilar o'z o'yinlari bilan bunga javob berishga harakat qilyapti. "Bobur Arena" mezbonlik qiladigan "Andijon" - "Paxtakor" to'qnashuvi ham yuqoridagi kabi o'tishi kutilmoqda. Bu o'yindan oldin "burgutlar"ning sobiq futbolchisi Ibrohim Otaxonovga yuzlandik. 

- "Andijon" - "Paxtakor" uchrashuvida jamoalarning imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Fikrimcha, "Andijon" 2 ta mag'lubiyatdan so'ng xulosa chiqaradi. Jamoa muxlislari oldida "Paxtakor"dan ochko olishga harakat qiladi deb o'ylayman. Taxminim bugun durang qayd etilsa kerak. "Andijon"ga keyingi o'yin ham oson bo'lmasligi aniq, chunki Samarqandda "Dinamo" bilan bahs kutib turibdi. 

- Maksim Shackix jamoasi qanday taassurot qoldiryapti? Yangi kelgan futbolchilarchi?

- Yangi murabbiy qo'l ostida hozircha o'z o'yinini topa olmayapti, yangi futbolchilar kelgani jamoa zo'r o'ynashini bildirmaydi. Ularga ham moslashishi uchun vaqt kerak bo'ladi. 

- OCHL qurasidan kelib chiqsak, "Andijon"ga qanday raqiblar ro'baro' keldi?

- "Andijon" uchun hech bir o'yin oson kechmaydi. Adashmasam, jamoaga guruhdan chiqish vazifasi qo'yilgan. Imkon qadar uydagi o'yinlarda muxlislarni xursand qilib g'alaba qozonishlari kerak. 

Abdulaziz Iskandarov 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика