A Seriyaning joriy mavsum etakchilaridan biri Dzyubaga qiziqmoqda
14 apr 2020 19:50
Yangiliklar
A Seriyaning joriy mavsum etakchilaridan biri Dzyubaga qiziqmoqda
Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar qiladi.
Manbaga ko'ra, “Zenit” hujumchisi Artyom Dzyuba faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Unga “Lacio” qiziqish bildirmoqda. Rimliklar futbolchini kelayotgan trasnferlar oynasi vaqtida qo'lga kiritishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq, “Lacio” Aleksandr Kokorin hamda Sardor Azmun variantlarini ko'rib chiqayotgani to'g'risida malumot berilgandi.
31 yoshli Dzyuba joriy mavsum RPLda 21 o'yin o'tkazib 13+10 natijaga erishdi.
Fikrlar