So’nggi yangiliklar

01:25Дилшод Раҳматов: "Гватемала бизга сўнгги сониягача курашиш кераклигини ўргатди. Мураббийларимиз яхши маънода жуда қаттиққўл"  0 00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  4 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  1 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  17 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  2 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  18 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  17 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  5 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  18 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  8 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  52

Penaltilar "Yuventus"ni qutqarib qoldi, "Lacio" - aut, "Milan" qaytmoqda. 32-tur natijalari Yangiliklar

Penaltilar "Yuventus"ni qutqarib qoldi, "Lacio" - aut, "Milan" qaytmoqda. 32-tur natijalari

Italiyada A Seriyaning 32-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

"Yuventus" va "Atalanta" durang natija qayd etishdi

"Yuventus" raqiblari orasida eng jangovori "Atalanta" bo'ldi. Bergamoliklar xuddi tanaffus qilmagandek yorqin o'yin namoyish etyaptilar. Bo'lib o'tgan uchrashuvda mehmonlar xavfli hujumlar uyushtirib, hisobni ochishga muvaffaq bo'ldilar. Gomes Sapata bilan to'pni bir-biriga oshirib o'ynadi, natijada Marioning kolumbiyalikka bergan pasini Sapata 16-daqiqada davrozag burchagiga aniq joylab qo'yishga erishdi. Tanaffusgacha boshqa xavfli vaziyatlar yuzaga kelmadi. Ammo 2-taym hissiyotlarga boy bo'ldi.

"Yuventus" to'pni raqibga bermay, bosim o'tkaza boshladi. Dibalaning bergan uzatmasi "Atalanta" himoyachisining qo'liga tegib o'tdi, hakam esa darhol penalti belgiladi. To'p tepish Ronalduga topshirildi va hujumchi bu imkoniyatdan unumli foydalandi. Aftidan, "Yuventus" mehmonlarni mag'lub etadigandek edi, ammo unday bo'lmadi. Gasperini bazi o'yinchilarni almashtirdi va bu ish yaxshi natija berdi. Malinovskiy Murieldan to'pni qabul qilib oldi va aniq zarba bilan raqib darvozasini ishg'ol etdi. "Atalanta" juda ajoyib o'yin namoyish etdi va g'alabaga xaqli edi, biroq... Yana penalti rejalarni buo'ib yubordi: to'p De Ronning qo'liga tegibdi. Hakam yana ishonch bilan nuqtani ko'rsatdi. Ammo bu safargi 11 metrdan to'p tepish yanada ko'proq bahs-munozaraga sabab bo'ldi. Ronaldu bu gal ham ishonch bilan gol urdi va hisobni tenglashtirdi.


"Inter" g'alabaga erishdi, ammo chempionlik poezdi ketib bo'lgan

"Verona"ga qarshi o'yindagi durangdan so'ng "neradzurri" vakillari asabiy holatda edilar. SHu sababli ham, "Torino"ga qarshi bahs juda muhim edi. Biroq 17-daqiqada Xandanovich to'pni o'tkazib yuborganidan so'ng, asablar yanada taranglashdi. Ha, o'sha vaziyatda Belotti hisobni ochgandi. "Torino" birinchi taymda juda yaxshi o'ynadi, ammo Xandanovich boshqa pand bermadi. "Inter" esa shu qadar sust o'yin ko'rsatganidan, ijobiy natijaga erishishiga ishonib ham bo'lmasdi. 

Aftidan, tanaffus vaqtida jiddiy suhbat bo'lgan shekilli... 2-bo'lim boshlanishi bilan maydonga umuman "boshqa" "Inter" tushib keldi. Och va juda g'azablangan "Inter". Bir necha daqiqa ichida "qora-ko'klar" gol urgani ham ajablanarli emasdi. Lautaro qanotdan jarima maydoniga to'pni etkazib berdi, Eshli Yang esa A Seriyadagi navbatdagi golini nishonlashga muvaffaq bo'ldi. Oradan 3 daqiqa o'tib, Godin raqib darvozasini yana bir bor ishg'ol etdi. Umuman olganda, Aleksis bu o'yinda tengsiz bo'ldi, yani ajoyib natija qayd etdi. SHu kungacha hech bir futbolchi bir o'yinning o'zida 10ta xavfli vaziyat yaratib bermagan edi. Uning harakatlari natijasida yana bitta gol bo'ldi. CHililik Lautaroga pas berdi va Martines bahsdagi so'nggi nuqtani qo'ydi. 


"Napoli" va "Milan" ajoyib o'yin namoyish etishdi

Turnir jadvalidagi ushbu jamoalar ketma-ket o'rinda bormoqda. Biroq "Milan" Evropa Ligasi uchun yo'llanmani qo'lga kiritishi juda muhim. "Napoli" esa Italiya Kubogidagi g'alabadan so'ng buning uddasidan chiqqib bo'ldi. SHunga qaramay, maydon egalari ko'proq hujum qildilar va bir necha bor xavfli vaziyatlar yaratdilar. Ayniqsa, bu borada Mertensga etadigani bo'lmadi. Ammo hisobni ochish "Milan"ga nasib etdi. Rebich jarima maydoniga to'pni etkazib berdi, Teo esa navbatdagi golini nishonlashga muvaffaq bo'ldi. Ammo "Napoli" tezda o'zini o'nglab oldi va 34-daqiqada Di Lorenco to'pni darvozaga joylab qo'ydi. Tanaffusgacha "Napoli" yana bir necha bor hujum qildi, lekin gol bo'lmadi.

Ikkinchi taym "Napoli"ning hujumlari bilan boshlandi. Avvaliga Kalexon darvozaga zarba berdi, ammo noaniq. Navbatdagi urinishda ispaniyalik futbolchi to'pni Mertenesga oshirdi, u esa gol urishga erishdi. O'yin to'qnashuvlarga boy bo'ldi, "Napoli"ning imkoniyati ko'proq edi. Lekin "Milan" bunga kuchli hujum bilan javob qaytardi. Voqealar rivojiga tasodif aralashdi, Nikola Maksimovich jarima maydoni ichida Jakomo Bonaventurani yiqitdi. To'p yoniga Frank Kessie keldi va ortiqcha qiyinchiliksiz gol urdi. "Milan" durangdan unchalik qoniqmadi, biroq Evropa Ligasi zonasida, 7-o'rinda bormoqda.


"Lacio"ning "omad burguti" uchib ketdimi?

Aslida "burgutlar" "Yuventus"ga eng ko'p qarshilik ko'rsatishi kutilgan jamoa edi, ammo amalda unday bo'lmadi. "Lacio"ni tanaffusdan so'ng tanib bo'lmadi. Jamoa yaxshi natija qayd etolmadi va deyarli hujum qilmadi. Rim klubi uy uchrashuvini "Sassuolo"ga qarshi bahs bilan boshladi va yorqin o'yin namoyish etgan edi. Immobile bir necha imkoniyatni qo'ldan boy berdi. CHiro imkoniyatlarni ko'kka sovurar ekan, raqib himoyadan ortmayotgandi. Ha, mehmonlar gol urishga erishdi, biroq o'sha payt offsayd bo'lgani yaqqol bilindi. "Lacio" safida eng faoli Ladzarri bo'ldi, aynan uning qanotdan oldinga o'tishi va to'pni jarima maydonida yolg'iz turgan Luis Albertoga oshirishi natijasida, ispaniyalik futbolchi aniq zarba berib o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. SHundan so'ng, "Sassuolo" etakchisi Boga gol urish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo'lgandi, biroq bundan unumli foydalana olmadi, to'p darvoza tepasidan o'tib ketdi.

Ikkinchi bo'limda "Lacio" himoyasining ahmoqona xatosidan keyin, qayd etish lozim, bunday xatolar ko'payib ketdi, raqib kechirmadi. Kaputo va Raspadori yolg'iz darvozabonga qarshi chiqib borishdi va ikkinchisi ajoyib zarba bilan darvozani ishg'ol qildi. "Burgutlar" faollikni oshirib, o'yin tizginini o'z qo'llariga olmoqchi edilar, lekin bu unchalik o'xshamadi. Inzagi shogirdlari shunchaki charchab qolishdi va maydonda bitta jamoa qolgandek edi. "Sassuolo" gol urish uchun ko'plab imkoniyatlarga ega bo'ldi va o'yin oxirida ularning biridan unumli foydalandi. Burchak to'pidan keyin Ferrari to'pni Kaputoga o'tkazdi, u esa raqibni ayab o'tirmadi. Restardan keyin "Lacio"ning chindan kuchi etmayapti. G'alabaga erishgan "Sassuolo" esa Evropa Ligasi yo'llanmasi uchun kurashib ko'rsa, bo'ladiganga o'xshaydi. 


"Roma" "Breshiya"ni mag'lub etdi

"Breshia"ning ahvoli hammaga malum, jamoa bor kuchi bilan harakat qildi, ammo elitada qolishi ilojsiz. "SHerlar" uyda ham "bo'rilar"ga g'alabani boy berganlari ham ajablanarli emas. 1-taymda golli vazyatlar etarlicha bo'ldi, masalan, Kalinich jarima burchagidan yaxshi tepdi, biroq to'p biroz tepadan o'tib ketdi. Biroq 2-taym shiddatli o'tishi kutilyotgan edi.

Ikkinchi taymda Fasio yana bir bor A Seriyaning eng yaxshi o'yinchilaridan biri ekanini eslatib qo'ydi va raqib darvozasini ishg'ol etdi. SHundan so'ng "jalorossi" faolroq o'ynadi. To'g'ri, "Breshiya" ham yaxshi harakat qildi. Ammo 62-minutda Kalinich, 74-daqiqada esa Dzanolo gol urishga erishdi. SHu yo'l bilan, "Roma" ushbu uchrashuvda g'alabaga erishdi.

SHuningdek, “Sampdoriya” “Udineze” ustidan g'alaba qozondi, “Fiorentina” va “Verona” durang o'ynadi, “Jenoa” SPALdan kuchliroq chiqdi.


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика