Gvardiola Yamal haqida: "Afsusdaman, ammo Messiga o'xshashi bo'lmaydi. Bu imkonsiz"
07 iyu 12:42
Yangiliklar


Gvardiola Yamal haqida: "Afsusdaman, ammo Messiga o'xshashi bo'lmaydi. Bu imkonsiz"
Pep Gvardiolaning fikricha, Lionel Messi bilan hech kim tenglasha olmaydi.
"Barselona" vingeri o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 55 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Lamin Yamal futbolni qay darajada tushunishi... Bu haqiqatan ham hayratlanarli.
Biz "Barselona"da yana shunday istiqbolli yigitni topganimiz uchun juda omadlimiz... Leoga o'xshab gapirishni istamayman.
Rostdan ham, afsusdaman, ammo mening fikrimcha, dunyoda Lionel Messiga o'xshashi bo'lmaydi. Bu mumkin emas", - dedi "Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
1. Лионель Месси
2. Пеле
3. Диего Марадона
4. Криштиану Роналду
5. Йохан Кройф
6. Зинедин Зидан
7. Роналдо Назарио
8. Алфредо Ди Стефано
9. Франц Беккенбауэр
10. Мишель Платини
???? Бу рўйхат 2024 йилда currentaffairs.adda247.com сайти томонидан эълон қилинган "Top 10 Football Players of All Time" мақоласи ва унга оид кенгайтирилган таҳлилларга асосланиб тузилган. Унда FIFA, FourFourTwo, ESPN ва Goal.com каби спорт манбаларининг таърифлари ҳам инобатга олинган.