"Real" va "Bavariya" Donnarumma uchun kurashga kirishishi mumkin
07 iyu 19:58
Yangiliklar


"Real" va "Bavariya" Donnarumma uchun kurashga kirishishi mumkin
PSJ darvozaboni Janluiji Donnarumma yangi shartnoma (amaldagisi 2026 yilning yozida tugaydi) bo'yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangan taqdirda Parij klubini tark etishi mumkin.
Hozircha, francuz grandi 26 yoshli darvozabonga yangi kelishuv bo'yicha yiliga 10 mln evrodan ko'proq to'lashga tayyormi yoki yo'q, bunisi nomalum.
Donnarummaga 39 yoshli Manuel Noyerga o'rinbosar izlayotgan "Bavariya" qiziqmoqda. Shuningdek, italiyalik futbolchini 33 yoshli Tibo Kurtua o'rniga Madridning "Real" klubi ham kuzatib bormoqda. 26 yoshli darvozabonga Angliya chempionatidan qiziqish borligi aytilmoqda, ammo aniq klublar nomi keltirilmagan.
Donnarumma o'tgan mavsum barcha turnirlarda 40 ta o'yinda maydonga tushib, shundan 12 tasini "quruq" o'tkazdi. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 40 mln evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar