Rasman: "Inter" 25 mln evrolik transferni amalga oshirdi
07 iyu 18:27
Yangiliklar


Rasman: "Inter" 25 mln evrolik transferni amalga oshirdi
Milanning "Inter" klubi "Marsel" klubi qanot yarim himoyachisi Luis Enrike bilan shartnoma imzolaganini elon qildi.
Bu haqda Italiya klubi rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
23 yoshli braziliyalik futbolchi "neradzurri"ga 25 mln evroga tushgan. Bitim besh yilga mo'ljallangan.
Luis Enrike 2020 yildan buyon "Marsel" sharafini himoya qilib kelayotgandi va joriy mavsumda jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi. Uning hisobida 35 ta o'yin, 9 ta gol va 10 ta assist mavjud. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, futbolchining bozor narxi 18 mln evroni tashkil qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar