O'zbekiston olimpiyachilari o'rtoqlik o'yinida Franciyaga kichik hisobda mag'lub bo'ldi
04 iyu 23:36
Yangiliklar


O'zbekiston olimpiyachilari o'rtoqlik o'yinida Franciyaga kichik hisobda mag'lub bo'ldi
O'yinning 31-daqiqasida raqiblar penaltidan hisobni ochdi.
39-daqiqada Franciya darvozasi tomon penalti belgilandi va Diuf ogohlantirildi. Biroq VAR orqali tekshiruvdan so'ng penalti bekor qilindi va Diufga ko'rsatilgan sariq kartochka ham bekor qilinib, O'rinboev ogohlantirildi.
Birinchi bo'lim Franciyaning kichik hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo'lim startida hisob tenglashdi.
78-daqiqada Franciya termasining uzoq davom etgan hujumini Odobert gol bilan yakunladi.
Uchrashuv 2:1 hisobida yakuniga etdi.
Franciya U23 - O'zbekiston U23 2:1
Gollar: Jan Mateo Bahoya (31-penaltidan, 1:0), Nodir Abdurazzoqov (47, 1:1), Uilson Odobert (78).
Franciya U-23 terma jamoasi: 16. Giyom Rest, 9. Matis Ablin, 13. Jan Mateo Bahoya, 20. Andi Diuf, 19. Ismail Dukure, 21. Feliks Lamareshal, 8. Yoxann Lepenant, 2. Kastelo Lukeba, 4. Krislain Matsima, 3. Kuentin Merlin, 5. Kilian Sildilia.
Zaxiradagilar: Agume, Barri, Sisse, Mavissa, Nkambadio, Odobert, Risser, Tchauna, Tel, Zeze.
O'zbekiston U-23 terma jamoasi: 1. Otabek Boymurodov, 2. Izzatilla Po'latov, 4. Muhammadrasul Abdumajidov, 6. Jahongir O'rozov, 7. Aziz Xolmurodov, 9. Sherzod Esanov, 10. Muhammadali O'rinboev, 15. Diyor Ortiqboev, 17. Nodir Abdurazzoqov, 20. Mahmud Mahamadjonov, 22. Otabek Ahadov.
Zaxiradagilar: Nemanov, Mustafoqulov, Hayrullaev, Soipov, Jumaev, Mavlonqulov, Tuxsanov, O'rmonjonov, Turdimurodov, Abdurahmonov.
Ogohlantirish: Muhammadali O'rinboev (41), Sherzod Esanov (74).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
1 xbetdan olib beryapti. Iltimos shunchaki oʻyinni koʻrish uchun kirib srazu udalit qvoringlar keyin.
Alloh hammaga tavfiq bersin