So’nggi yangiliklar

19:25Суперлига. "Хоразм" — "Насаф" 1:1 (матнли трансляция)  24 19:16Суперлига. "Бунёдкор" — "Қўқон-1912". Асосий таркиблар маълум  1 18:34Раньери: "Шомуродов майдонда бор куч-ғайратини сарф этади. Уни шунинг учун ҳам яхши кўраман"  6 18:33Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Хитойдаги илк машғулотини ўтказди  0 18:10Бешта клуб Мюллерни ўз сафига қўшишдан манфаатдор  0 17:47Ямалнинг отаси испаниялик мухлислар Ламин билан фахрланишлари кераклигини таъкидлади  9 16:55"Барселона" "Аталанта" ҳужумчиси учун 50 млн евро тўлашга тайёр  4 16:35"Гавр"нинг 18 ёшли ҳужумчиси МЮга ўтади  0 16:09ЕЧЛда ҳафта футболчиси аниқланди  11 15:50Элдор Шомуродов – "Рома"да апрель ойининг энг яхши футболчиси!   30 15:22"Ўлганимда ётиб дам олиш учун кўп вақтим бўлади" — Бруну Фернандеш  2 14:58Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ёпиқ форматда йиғин ўтказади  15 14:31"Челси" ушбу мавсум илк бор титул ҳомийси либосини кийди  2 13:59Суперлига. 8-тур дисквалификациялари: "Пахтакор", "Навбаҳор" ва "Қўқон-1912" 1 нафардан йўқотишга эга  2 13:36Гвардиола Ҳусанов ҳақида: "Бошланғич таркибдаги жой ҳеч кимга кафолатланмаган"  20

A Seriya rekordini o'rnatgan darvozabon Yangiliklar

A Seriya rekordini o'rnatgan darvozabon

A Seriyada 90 daqiqa davomidagi seyvlar soni bo'yicha "Empoli" posboni Ivan Provedel peshqadamlik qilmoqda - har o'yinda o'rtacha 4.22 tadan.

Birinchi davrada u jamoasining asosiy darvozaboni edi, lekin yangi yildan so'ng vaziyat o'zgardi va rotaciyaga murojaat qilindi: Provedel besh uchrashuvda maydonga tushgan bo'lsa, Bartolomey Dragovskiy sakkizta o'yinda ishtirok etdi.

Dragovskiyning chempionatdagi statistikasi, "Atalanta"ga qarshi uchrashuvgacha, hech kimni xayratga solmayotgandi — har 90 daqiqaga o'rtacha 2.24 tadan seyv – chempionatning 29-ko'rsatkichi. Undan keyingi o'rinda Voycex SHHesni (2.08) borayotgandi, ammo hech kimga sir emas, "Yuve" raqiblari qancha zarba beradi-yu, "Empoli" darvozasiga qancha hujum bo'lishi o'rtasida kattagina farq bor.  

Misol uchun, "Atalanta" 36 marotaba raqib darvozasiga zarba berdi ("GdS" statistika, boshqa manbaalarning malumotila bu ko'rsatkich 40 dan ham ziyod) va ularning 18 tasi darvozaga aniq etib borgan. "Opta" Dragovski 17 seyv amalga oshirganini keltirib o'tdi, lekin bu erda seyvlar soni 17 tamidi yoki 18 ta unchalik ahamiyatli emas – bu top-chempionatlar rekordi, A Seriyaning 14 yil ichidagi rekordi (!).

Yana bir qiziq jihat, Italiya chempionati bahslarida 18 ta aniq zarba 2006 yil noyabr oyidan buyon qayd etilmagandi. O'shanda "Roma" "Katanya" bilan kuch sinashgan. Siciliyaliklar posboni esa Dragovskidan ancha yomon o'yin o'tkazgandi – "Roma" 7:0 hisobida g'alaba qozongan. "Atalanta" sizga malum "Empoli" bilan 0:0 o'ynadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика