A Seriya klublari xorvatiyalik hujumchini o'z safiga qo'shib olmoqchi
14 apr 2020 18:13
Yangiliklar
A Seriya klublari xorvatiyalik hujumchini o'z safiga qo'shib olmoqchi
Transfer huquqi "Atletiko"ga tegishli Nikola Kalinich A Seriyada qolishi mumkin.
Xorvatiyalik hujumchi ayni damda "Roma"da ijara asosida o'ynamoqda. 31 yoshli Kalinich uchun "Bolonya" va "Fiorentina" klublari raqobatlashmoqda.
Ushbu klublar tajribali forvard uchun 10 million evro miqdorida mablag' to'lashga tayyor.
Oldinroq, Nikolo "Nyukasl"ning taklifini rad etgani haqida xabarlar yangragan edi.
Kalinich joriy mavsum Italiya chempionatida 9ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etgan.
Fikrlar