So’nggi yangiliklar

08:57«Ал Иттиҳод» «Ман Сити» афсонаси билан шартнома тузишга яқин  0 08:30Алекс Фергюсон Роналду ва Месси ҳақида ажойиб фикр билдирди  9 08:02МЮ яна бир топ ҳимоячи билан келишувга эришди  3 07:35«Андижон» икки нафар футболчиси билан хайрлашди  2 01:48Галлахер "Атлетико"га ўтишни хоҳламоқда  1 01:25"Ювентус" Йилдизни қўйиб юборишни хоҳламаяпти  1 00:57"Атлетико" "Челси" ўйинчисининг трансфери бўйича ишларни бошлаб юборди  1 00:29Игорь Сергеев ҳаракат қилаётган "Патум Юнайтед" жамоаси ўртоқлик ўйинида ЕЧЛ финалчиси "Боруссия"ни тор-мор келтирди!  5 23:55"Барселона" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олмоқчи  3 23:27Жамшид Саидов: "Бизда юқори мақсадлар йўқ, вазифа ўтган мавсумдан кўра яхшироқ иштирок этиш"  1 22:57"Бунёдкор" иккинчи даврада уйғонадими? Тайёргарлик қандай кетяпти? Илёс Зейтуллаев барча саволларга жавоб берди  5 22:23Расман: Шерзод Эсанов "Андижон"дан РПЛ клубига ўтди  19 21:27"Байер" Гюлерни ижарага олмоқчи эди. "Реал" ҳам, ўйинчи ҳам бунга қизиқиш билдиришмади  3 20:58Винисиус Мбаппе, Беллингем ва Эндрикнинг "Реал"га ўтишида таъсир қилган  13 20:21Максим Шацких: "Ёзги трансферлар ойнасидаги режамизни тўлиқ бажардик. Элит Осиё чемпионлар лигасидаги иштирокимиз ҳам қизиқарли кечиши аниқ"  20

2023 yilda o'tkaziladigan xalqaro futbol musobaqalari Yangiliklar

2023 yilda o'tkaziladigan xalqaro futbol musobaqalari

Quyida 21 ta yirik turnir haqida malumot beramiz.

Ushbu turnirlarning aksariyati yuqorida aytib o'tilgan sabablarga ko'ra 2023 yilga ko'chirildi.

Quyidagi maqolada joriy yilda o'tkaziladigan erkaklar o'rtasidagi futbol turnirlarini sanab o'tamiz.


1. Afrika Millatlar CHempionati-2022 


Afrika Futbol Konfederaciyasi (CAF) tomonidan har ikki yilda bir marta o'tkaziladi. Ushbu musobaqa 7-bor o'tkazilmoqda. 

Musobaqada ayni paytda faqatgina o'z mahalliy ligalarida o'ynayotgan futbolchilardan iborat terma jamoalar ishtirok etadi.

Ushbu turnir 2023 yilning 13 yanvaridan 4 fevraliga qadar Jazoirda bo'lib o'tadi.

Dastlab turnir 2022 yilning 10 iyulidan 1 avgustiga qadar o'tkazilishi rejalashtirilgandi, ammo keyinchalik musobaqa ijroiy qo'mita yig'ilishida 2023 yilning yanvariga ko'chirdi.

CAF bunga sabab sifatida 2020 yilgi turnir 2021 yilga, shuningdek, 2021 yilgi turnir 2022 yilga qoldirilganini (Afrikadagi COVID-19 pandemiyasi tufayli) keltirdi.

SHuningdek, bunday qarorga kelinishida 2022 yilning noyabridan dekabrigacha bo'lib o'tadigan futbol bo'yicha jahon chempionati ham inobatga olingan.


2. U-20 Janubiy Amerika chempionati 


20 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasidagi Janubiy Amerika chempionati joriy yil 30-marotaba o'tkaziladi.

Turnir har ikki yilda bir marotaba CONMEBOL tomonidan Janubiy Amerikaning 20 yoshgacha bo'lgan terma jamoalari o'rtasida o'tkaziladi.

Navbatdagi musobaqa 2023 yilning 19 yanvaridan 12 fevraliga qadar Kolumbiyada bo'lib o'tadi.

Ushbu turnirda eng iqtidorli Janubiy Amerika futboli yoshlari ishtirok etishadi.

2023 yilgi Janubiy Amerika U-20 chempionati ikkita xalqaro musobaqaga saralash bosqichi sifatida xizmat qiladi:

- Eng yaxshi 4 ta jamoa CONMEBOL vakillari sifatida Indoneziyada bo'lib o'tadigan 2023 yilgi U-20 Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

- Eng yaxshi 3 ta jamoa 2023 yilgi Panamerika o'yinlari ishtirokchisiga aylanai - CHili avtomatik ravishda mezbon sifatida ishtirok etadi.

Ekvador esa amaldagi chempion hisoblanadi.


3. Libertadores kubogi


Libertadores kubogi CONMEBOL tomonidan tashkil etilgan Janubiy Amerikaning klublar o'rtasidagi asosiy futbol turniri hisoblanib, turnir 64-marta 2023 yilning 7 fevralidan 11 noyabriga qadar o'tkaziladi.

Musobaqada CONMEBOLga azo 10 ta davlatdan 47 ta jamoa ishtirok etadi.

Ushbu Libertadores kubogida g'olib chiqqan jamoa 2024 yilgi Sudamerikana cuperkubogida 2023 yilgi Sudamerikana kubogi g'oliblariga qarshi bellashishi huquqini qo'lga kiritadi.

SHuningdek, g'olib jamoa avtomatik ravishda 2024 yilgi Libertadores kubogi guruh bosqichiga yo'l oladi.

Eslatib o'tamiz, Braziliyaning "Flamengo" klubi amaldagi chempion sanaladi.


4. U-17 CONCACAF chempionati

U-17 CONCACAF chempionati CONCACAF tomonidan 17 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasida o'tkaziladi.

8-marotaba bo'lib o'tayotgan turnirga 2023 yilning 11-26 fevral kunlari Gvatemala mezbonlik qiladi.

Eng yaxshi 4 ta jamoa CONCACAF vakillari sifatida 2023 yilda Peruda bo'lib o'tadigan 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionatiga avtomatik ravishda yo'llanmani qo'lga kiritadi.


5. U-20 Afrika Millatlar kubogi


U-20 Afrika Millatlar kubogi har ikki yilda bir marta o'tkaziladi. Yoshlar o'rtasidagi musobaqa 17-bor (agar mezbonlarsiz turnirlar hisoblanadigan bo'lsa, 24-marta) o'tkazilmoqda.

Ushbu turnirga 2023 yilning 18 fevralidan 12 martiga qadar Misr mezbonlik qiladi.

Unda 12 ta davlat ishtirok etadi va eng yaxshi 4 ta jamoa o'sha yili Indoneziyada bo'lib o'tadigan 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Gana amaldagi chempion hisoblanadi, ammo ular ushbu turnirda qatnasha olmagani tufayli chempionlik unvonini himoya qila olmaydi.


6. U-20 Osiyo kubogi

U-20 Osiyo kubogi Osiyo Futbol Konfederaciyasi (OFK) tomonidan Osiyoning 20 yoshgacha bo'lgan yoshlar terma jamoalari o'rtasida har ikki yilda bir marotaba o'tkazilib, ushbu turnir 41-si bo'ladi.

SHu bilan birga, ushbu musobaqa 20 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasidagi turnir sifatida ilk bor o'tkaziladi, chunki OFK turnirni 2023 yildan boshlab U-19 yosh toifasidan U-20'ga o'tkazishni taklif qilgandi.

Bundan tashqari, COVID-19 pandemiyasi tufayli 2020 yilgi U-19 Osiyo chempionati bekor qilingandi, shu bois O'zbekiston 2023 yilgi turnirga mezbonlik huquqini saqlab qoladi.

Musobaqa 2023 yil 1 martdan 18 martgacha bo'lib o'tadi va unda 16 ta jamoa qatnashadi.

Yoshlar o'rtasidagi ushbu nufuzli futbol musobaqasida osiyolik yosh futbol iqtidorlari ishtirok etadi.

Turnirda eng yaxshi to'rtta jamoa 2023 yilda Indoneziyada bo'lib o'tadigan 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Saudiya Arabistoni amaldagi chempion sanaladi - arab mamlakati 2018 yil chempionlikni qo'lga kiritgan.


7. Sudamerikana kubogi


Sudamerikana kubogi CONMEBOL tomonidan tashkil etilgan Janubiy Amerikaning ikkinchi darajali klub futbol turniri bo'lib, 22-marotaba o'tkaziladigan turnir 2023 yilning 7 martidan boshlanadi va 28-oktyabrda yakunlanadi.

2023 yilgi Sudamerikana kubogi g'oliblari 2024 yilgi Sudamerikana superkubogida 2023 yilgi Libertadores kubogi g'oliblariga qarshi bellashish huquqini qo'lga kiritadi.

SHuningdek, g'olib jamoa avtomatik ravishda 2024 yilgi Libertadores kubogi guruh bosqichiga yo'llanma sohibi bo'ladi.

"Independiente" amaldagi titul sohibi sanaladi, ammo ular 2023 yilgi Libertadores kubogi guruh bosqichida Sudamerikana kubogi chempioni sifatida qatnashish huquqini qo'lga kiritganlari sababli Libertadores kubogining guruh bosqichida uchinchi o'rinni egallagan taqdirdagina o'z unvonini himoya qila oladi.


8. U-17 Janubiy Amerika chempionati


17 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasidagi Janubiy Amerika chempionati Janubiy Amerikaning 17 yoshgacha bo'lgan o'smirlari o'rtasida CONMEBOL tomonidan ikki yilda bir marta o'tkazilib, 19-turnir Ekvadorda 2023 yilning 30 martidan 23 apreliga qadar bo'lib o'tadi.

Xuddi avvalgi musobaqalar singari ushbu turnir ham 2023 yilgi U-17 Jahon chempionatiga CONMEBOLda saralash bosqichi vazifasini o'taydi.

Turnir so'nggicha etib kelgan to'rtta jamoa 2023 yil Peruda bo'lib o'tadigan U-17 Jahon chempionatiga CONMEBOL vakillari sifatida yo'l oladi. SHuningdek, mezbon Peru ham avtomatik tarzda mundialda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.

Agar Peru kuchli to'rtlikdan joy olsa, beshinchi o'rinni egallagan jamoa ham 2023 yilgi U-17 Jahon chempionati yo'llanmasiga ega chiqadi.

Argentina amaldagi chempion hisoblanadi.


9. U-17 Afrika Millatlar kubogi


U-17 Afrika Millatlar kubogi 17 va undan kichik yoshdagi Afrika futbolchilari ishtirokida ikki yilda bir marta o'tkaziladi. 15-turnirga esa Jazoir mezbonlik qiladi. Unda 12 ta jamoa kurash olib boradi, eng yaxshi 4 ta jamoa 2023 yilda Peruda bo'lib o'tadigan 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Kamerun amaldagi chempion hisoblanadi, jamoa 2019 yilgi turnirda g'alaba qozondi. 2021 yilgi musobaqa esa bekor qilingandi.


10. UEFA Yoshlar ligasi finali


Yoshlar Ligasi UEFA tomonidan tashkil etilgan Evropa yoshlar klublari ishtirok etadigan futbol musobaqasi hisoblanadi.

9-bor tashkil etiladigan turnir finali 2023 yilning 24 aprel kuni SHveycariyaning Non shahridagi "Kolovrey" stadionida bo'lib o'tadi.


11. 2022 yilgi Osiyo CHempionlar ligasi finali


2022 yilgi Osiyo CHempionlar Ligasi pley-off bosqichi joriy yilga ko'chirilgandi. OFK tomonidan tashkil etilgan Osiyoning klublar o'rtasidagi asosiy futbol turniri 41-marotaba, “Osiyo CHempionlar Ligasi” nomi ostida esa 20-marotaba o'tkazilmoqda. 

Pley-off bosqichida “Nasaf” klubi O'zbekiston sharafini himoya qiladi.


12. U-17 Evropa chempionati


17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Evropa chempionati UEFA tomonidan Evropaning 17 yoshgacha bo'lgan o'smirlari o'rtasida o'tkaziladi. 2023 yilning 12 mayidan 4 iyuniga qadar 20-bor o'tkazilayotgan musobaqaga Vengriya mezbonlik qiladi.

Turnirda jami 16 ta jamoa ishtirok etadi, bunda 2006 yilning 1 yanvarida yoki undan keyin tug'ilgan futbolchilar qatnashishi mumkin.


13. U-20 Jahon chempionati


U-20 Jahon chempionati 2023 yilda eng kutilgan futbol musobaqalaridan biridir.

Ushbu yoshlar musobaqasida 20 yoshgacha bo'lgan yoshlar terma jamoalari ishtirok etadi va har ikki yilda bir marotaba o'tkaziladi. 

Indoneziya 23-bor o'tkazilayotgan musobaqaga mezbonlik qiladi. Kichik mundial 2023 yilning 20 mayidan 11 iyuniga qadar o'tkaziladi. Turnirda 24 ta mamlakat terma jamoalari (6 ta konfederaciyadan) ishtirok etadi.


14. Evropa ligasi finali


Evropa Ligasi UEFA tomonidan tashkil etilgan Evropaning ikkinchi darajali klublar futbol turniri hisoblanib, 52-marotaba, turnir nomi UEFA kubogidan Evropa ligasiga o'zgartirilganidan beri esa 14-marotaba o'tkaziladi.

Musobaqaning hal qiluvchi uchrashuvi 2023 yilning 31 may kuni Vengriya poytaxti Budapeshtdagi "Pushkash Arena"da bo'lib o'tadi.

G'olib jamoa 2023 yilgi UEFA Superkubogida 2022/23 yilgi UEFA CHempionlar Ligasi g'olibiga qarshi bellashish huquqini qo'lga kiritadi.


15. UEFA Konferenciya ligasi finali


Evropa Konferenciya ligasi UEFA tomonidan tashkil etilgan yangi turnir bo'lib, joriy mavsum 2-bor o'tkazilmoqda.

Musobaqa finali 2023 yilning 7 iyun kuni CHexiyaning Praga shahridagi "Fortuna Arena"da o'tkazilishi rejalashtirilgan.


16. UEFA CHempionlar ligasi finali


CHempionlar Ligasi UEFA tomonidan tashkil etilgan Evropaning etakchi klublari ishtirok etadigan futbol turniri sanalib, joriy mavsum 68-marta o'tkazilmoqda.

Bundan tashqari, ushbu turnir o'z nomini Evropa chempionlar kubogidan UEFA CHempionlar ligasiga o'zgartirganidan beri 31-si bo'ladi.

Final bahsi 2023 yilning 10 iyun kuni Turkiyaning Istanbul shahrida bo'lib o'tadi.

G'olib jamoa 2023 yilgi UEFA Superkubogida 2022/23 yilgi Evropa ligasi g'olibiga qarshi maydonga tushish huquqini qo'lga kiritadi.


17. Osiyo kubogi-2023


Osiyo kubogi OFK tomonidan tashkil etiladigan erkaklar o'rtasidagi to'rt yillik futbol musobaqasi sanaladi.

18-marotaba o'tkaziladigan qita turnirida 24 ta terma jamoa ishtirok etadi va Qatar (amaldagi chempion) unga mezbonlik qiladi.

Biroq turnirning o'tkazilish sanasi nomalumligicha qolmoqda, chunki musobaqa dastlab Xitoyda 2023 yilning 16 iyunidan 16 iyuliga qadar o'tkazilishi rejalashtirilgandi. Ammo COVID-19 pandemiyasi va Xitoyning “Zero-COVID” siyosati sababli mamlakat turnirni qabul qilolmasligini bildirdi.

17 oktyabr kuni OFK musobaqa Qatarda o'tkazilishini elon qildi.

Osiyo kubogi 1988 va 2011-yillardan keyin uchinchi marta ushbu mamlakatda o'tkaziladi.

Fors ko'rfazi mintaqasida yozda havo harorati yuqori bo'lganligi, bundan tashqari, Qatar yaqinda Jahon chempionatiga mezbonlik qilgani sababli turnir 2023 yilning o'rtalaridan 2024 yilning boshlariga ko'chirilish ehtimoli yuqori bo'lib turibdi.


18. U-21 Evropa chempionati


U-21 Evropa chempionati 2023 yilda tomosha qilinadigan yana bir qiziqarli futbol turniri hisoblanadi.

UEFA tomonidan Evropaning 21 yoshgacha bo'lgan yoshlari o'rtasida har ikki yilda bir marta o'tkaziladigan musobaqaning final bosqichida jami 16 ta jamoa ishtirok etadi.

24-bor o'tkaziladigan qita musobaqasi 2023 yil 21 iyundan 8 iyulga qadar davom etadi.

Turnirga Ruminiya va Gruziya mezbonlik qiladi. Ruminiya ochilish o'yiniga mezbonlik qilsa, Gruziya finalni qabul qiladi.

Ruminiya bundan avval ham 1998 yil musobaqaga mezbonlik qilgan.

Joriy yilgi turnir Parij Olimpiadasiga saralash vazifasini bajaradi.

Eslatib o'tamiz, Germaniya yoshlari amaldagi chempion sanaladi.


19. U-19 Evropa chempionati


19 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasidagi Evropa chempionati UEFA tomonidan Evropaning 19 yoshgacha bo'lgan yoshlar terma jamoalari o'rtasida o'tkazilib, joriy turnir 20-si bo'ladi.

Malta 2023 yilning 3 iyulidan 16 iyuliga qadar turnirga mezbonlik qiladi.

Qita bellashuvlarida 8 ta jamoa ishtirok etadi, Angliya amaldagi chempion sanaladi.


20. UEFA Superkubogi


48-bor o'tkaziladigan UEFA Superkubogida klublar o'rtasidagi Evropaning eng yaxshi ikki musobaqasi — UEFA CHempionlar Ligasi va UEFA Evropa Ligasining amaldagi chempionlari o'zaro bellashadi.

Musobaqa Rossiyaning Qozon shahridagi “Ak Bars Arena”da 2023 yilning 16 avgust kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgandi. Biroq  2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirgani sababli turnir o'tkaziladigan joy hozircha noaniq va UEFA muqobil variantlarni ko'rib chiqmoqda.


21. U-17 Jahon chempionati


U-17 Jahon chempionati har ikki yilda bir marotaba 17 yoshgacha bo'lgan milliy terma jamoalar ishtirokida o'tkaziladi. 19-xalqaro turnir 2023 yilning 10 noyabridan 2 dekabriga qadar Peruda bo'lib o'tadi.

COVID-19 pandemiyasi tufayli 2021 yilgi turnir FIFA tomonidan o'tkazilmagandi, ammo keyinchalik yana tiklandi.

Braziliya amaldagi chempion hisoblanadi, janubiy amerikaliklar 2019-yilgi kichik mundialda g'alaba qozongan.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика