So’nggi yangiliklar

11:09Доминикан Республикаси ОТЖ сардори Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади  5 10:44Даврон Ҳошимов иккинчи даврани Суперлигада ўтказади  6 10:10«Сурхон» ўтган йилги легионерини ортга қайтарди  4 09:37«Барселона» «отмен»! Нико Уильямс келажаги борасида бир қарорга келди  3 09:05«Бухоро» «Андижон» футболчиси билан шартнома тузди  2 08:32Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Япония билан жанговар дуранг ўйнади  5 07:58Испанлар Европани «забт этишди». «Қизил фурия» икки кун ичида иккита «Евро»да ғалаба қозонишди  8 07:26Ўртоқлик учрашуви. «Қўқон-1912» «Сўғдиёна»ни мағлуб этди   1 01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  3 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  1 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  3 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  1 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  1 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  1 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  4

2012 yil Osiyoni titratgan o'smirlarimiz, penaltilar seriyasidagi qahramonlik, Dilshod Nuralievning talabchanligi, bo'yi pastligi – Osiyo chempioni Sarvar Karimov bilan suhbat Yangiliklar

2012 yil Osiyoni titratgan o'smirlarimiz, penaltilar seriyasidagi qahramonlik, Dilshod Nuralievning talabchanligi, bo'yi pastligi – Osiyo chempioni Sarvar Karimov bilan suhbat

Tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak, o'smirlar terma jamoamiz so'nggi bor 2012 yili Dilshod Nuraliev boshchiligida Erondagi Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib chempionlik kubogi bilan yurtimizga qaytishgan

O'shanda Jahon chempionatiga yo'llanma qo'lga kiritilgandi. Ushbu musobaqada vakillarimiz Janubiy Koreya, Yaponiya kabi termalarni mag'lub etib iroda ko'rsatgani yodimizda. Esingizda bo'lsa darvozabonimiz Sarvar Karimov finalda penaltilar seriyasida qahramonlik ko'rsatib ko'pchilikning etiboriga tushgandi. Biz bilan suhbatda bo'lgan futbolchi tarixiy turnirning taassurotlari, nima uchun boshqa jamoadoshlari singari yuqori daraja chiqa olmagani haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“O'sha yoshdagi terma jamoada selekciya ishlarining to'g'ri yo'lga qo'yilganligi muvaffaqiyatlarimiz va terma jamoani shakllanishida muhim rol o'ynadi. Murabbiylar termaga nomzodlarni saralashda hech qanday musobaqalarni o'tkazib yuborishmasdi. Toshkent shahar chempionatlari, tayyorlov guruhlari va shunga o'xshash turnirlarda qatnashardik”,- deya gap boshladi mahoratli kiper.

- SHaxsan siz qaysi jamoadan taklif qilingansiz?

- Men yordamchi murabbiy Sunnatilla Abdullajonov qo'l ostida “Spartak” jamoasida o'ynardim. Ichki shahar chempionatlarida doimiy ravishda maydonga tushardim. Aynan ular meni Dilshod Nuralievga va SHavkat Abduxo'jaevga tavsiya qilganlar. Fursatdan foydalanib Sunnat akaga o'z minnatdorchiligimni bildirib qolaman. Bu inson menga doim yordam berib kelganlar.



- Erondagi Osiyo chempionatida yosh va hali katta futbol havosidan nafas olmagan futbolchilar chempionlikni nishonlashgandi. Sizda ham taassurotlar, esda qolarli xotiralar qolgani tabiiy...
- Ajoyib taassurotlar qolgan. CHempionlikni qo'lga kiritish oson kechmagan. Guruhdan mo'jiza tufayli chiqqanmiz. CHorak finalda hech kimni ayamayotgan Koreyani yutgamiz. Yarim finalda esa mezbonlarni o'z muxlislari ko'z o'ngida taslim qilgandik. Bu ullarga ikki hissa alam qilgani aniq. Hech qaysi terma jamoa o'z uyida yutqazishni istamaydi. Finalda esa har doim har bir yosh toifasida kuchli va favorit hisoblangan Yaponiyani yutib chempionlikni tantana qilganmiz. G'alabalarni eslash doim yoqimli, o'sha davrga qaytib qolgandek bo'lasiz.

- Bugungi kunda Yaponiya yoki Koreyani yutishni ko'pchilik futbol ishqibozlarimiz kutilmagan natijaga qiyoslashadi..

- Ha, bu termalar doim bizga jiddiy qarshilik ko'rsatib kelgan. Ammo, biz ham kuchsiz jamoa emasdik. Murabbiylar shtabi jamoani shakllantirishda yillab mehnat qilishdi va ohir oqibat ularning xizmati samarasiz ketmadi.

- Odatda muhim va hal qiluvchi o'yinlardan oldin asosiy narsa futbolchilarni ruhiyatini ko'tarish va ularni g'alabaga ishontira olish hisoblanadi...

- Guruh bosqichidan keyin biroz tushkunlikka tushib qolgandik. Aynan qanday ko'rsatmalar berilgani esimda yo'q. Biroq, hal qiluvchi o'yinlarga bizni maromida tayyorlab, etarlicha ruhlantira olishgandi. Bosh murabbiy Dilshod Nuralievning qattiqqo'lligi va talabchanligi shunaqa paytda zarur edi. Ularning hech birimizni bo'sh qo'ymasdilar. Bu amalda foyda bergan.



- Finalda penaltilar seriyasida qahramonlik ko'rsatib terma jamoamizga sovrinni taqdim qilgandingiz...
- Guruh o'yinlari tugagach har bir mashg'ulotda penaltilar bo'yicha ishladik. Boisi, chorak final, yarim final, final hammasi bitta uchrashuvdan iborat. Ortga yo'l yo'q, hamma narsa bo'lishi mumkin edi. Yigitlar ikkiga bo'linib birin-ketin 11 metrlik nuqtadan zarbalar berishardi. Darvozabonlar esa almashib, almashib penaltilarni qaytarishga urinardik. O'zim ko'proq chorak finalda Koreya bilan o'yinda rosa hayajonlanganman. Penaltilar seriyasida raqibning birinchi zarbasini qaytarganimdan so'ng o'zimga bo'lgan ishonchim ancha ortgan. Jamoadoshlarim ham zarbalarni bexato ijro etishgan. Umuman olganda hamma o'z ishini alo darajada bajargandi. Asosiy vazifa mundial chiptasini qo'lga kiritganmiz.

- Darhaqiqat, 2013 yil BAAdagi kichik jahon chempionatida o'smirlarimiz juda yaxshi va tartibli o'yin namoyish qilgandi. Kuchli guruhdan chiqishga muvaffaq bo'lgandik. Panama, Marokash, Xorvatiya kabi nomdor termalardan ustun kelgan termamiz nimchorak finalda hakamlik qurboni bo'lgandi...

- Ha, Jahon chempionatida guruh bosqichi uchinchi turiga kelib deyarli barcha termalar gol o'tkazib bo'lgandi. Himoyada tartibli harakat qilganmiz. CHorak finalda Gondurasga munosib va jiddiy qarshilik ko'rsatganmiz deb o'ylayman. Birinchi bo'limdagi qizil kartochka katta zarar keltirgan. Etmaganiga oxirgi daqiqalarda gol o'tkazib yuborganimiz, buyog'iga bizda vaqt ham, kuch ham qolmagandi. Bunday yoshda bir kishi kam bo'lib o'ynash baribir sezilarli tasir ko'rsatadi.



- Oradan ko'p o'tmasdan ushbu yoshdagi terma jamaoaning aksariyat azolari katta futbolda o'z o'rinlariga ega bo'lishdi. Biroq, darvoza chizig'i vakillari borasida bunday deya olmaymiz.

- To'g'ri aytdingiz. Terma jamoadagi 80 foiz bola bugungi kundaga qadar Superligada o'zlarini ko'rsatib, klublari tarkibida muqim joy egallab kelmoqda. Doston Hamdamov, Javohir Sidiqov, Rustam Ashurmatov, Otabek SHukurov legionerga aylangan, Akrom Komilov, Jamshid Boltaboev, Izzatilla Abdullaev va hokazo. Darvozabonlarga keladigan bo'lsak, etibor qaratilmadi demagan bo'lardim. Aksincha, murabbiylar ko'proq darvozabonlarga nazar tashlashadi, darvozani ishonchli qo'llarga topshirish uchun mahoratli posbonlarni izlashadi. Tan olaman men katta futbolda o'rnimni topishim qiyin bo'lmoqda. Darvozabonga nisbatan bo'yimning pastligi oldimda katta to'siq bo'lib turibdi. Ko'pchilik murabbiylar darvozaga baland bo'yli darvozabonlarni qo'yishni maqul ko'radi. Bundan afsuslanmayman. Bu mening xatoim emas. Ortga chekinmayman, tinimsiz mehnat qilib o'z so'zimni aytaman.

- Hozirda “Bunyodkor” jamoasi azosi sanalasiz. Klubda asosiy tarkibda ikkinchi darvozabonsiz...

- Bu erdagi murabbiylar Vadim Abramov va Marat Miftaxuddinov bilan oldin ham “Lokomotiv”da birga ishlaganman. Vadim Karlenovich imkoniyatlarim qandayligini yaxshi bilgani uchun jamoada olib qoldi deb o'ylayman. Darvozabonlar murabbiyi Abdusattor Rahimov bilan ilk bor ishlashim. Ularning qo'l ostilarida shug'ullangan Pavel Bugalo, Ignatiy Nesterov, Murod Zuhurov, Abdumavlon Abdujalilov doim terma jamoaga chaqirilgan. SHunday ekan, Abdusattor akadan ko'p narsa o'rganishim aniq.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика