So’nggi yangiliklar

03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  0 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1

2005 yili Mourino matbuot anjumanida "Barselona"ning tarkibini aniq topib, o'zinikida adashgandi. Joze ishtirokidagi yana bir hangoma Yangiliklar

2005 yili Mourino matbuot anjumanida "Barselona"ning tarkibini aniq topib, o'zinikida adashgandi. Joze ishtirokidagi yana bir hangoma

Bu esa Raykardga yoqmagandi.

Marselo Belsa matbuot anjumanida Angliya uchun ajoyib hangomani taqdim qildi: boshida u biroz o'zini jinnilikka soldi, keyinchalik taslim bo'lib, o'yinga bir kun qolganida "Vest Xem"ga qarshi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydigan futbolchilarni sanab berdi.

Biroq Marselo bunday ishni qilgan ilk murabbiy emas. Joze bunday tryukni 15 yil oldin bajarib qo'ygan - lekin unda biroz boshqacharoq bo'lgandi. Birinchidan, "Special One" ECHL doirasidagi "Barselona"ga qarshi o'yindan oldin "hissiyotlar jangi"ni uyushtirdi, ikkinchidan Joze raqibining tarkibini sanab berdi.

Keling 2005 yilga qaytamiz. Mourinoning Londondagi ilk mavsumi. Jamoa 1/8 finalda "Barselona" bilan tushgan. Qishda "CHelsi"ni jarohatlar qiynab qo'ydi: Drogba, Gallas, Daff safdan chiqqan. Ularning "Barselona"ga qarshi o'yingacha maydonga qaytishi so'roq ostida. Jozening o'zi esa o'yinga bir necha kun qolganida yopiq eshiklar ortida mashg'ulotlar olib bordi.

Tabiiyki, matbuot anjumanida murabbiydan futbolchilarning sog'lig'i haqida savollar bo'ldi: Joze esa xotirjam - Drogba va Gallas o'ynaydi, Daff esa yo'q deb javob berdi. Keyinchalik u "Barselona"ning asosiy tarkibini taxmin qilib ko'rdi: Valdes, Belletti, Puyol, Markes, Jovanni (Van Bronkxorst), Albertini, Deku, Xavi, Eto’O, Jyuli, Ronaldino.

"CHelsi": Petr CHex, Paulu (Ferreyra), Rikardu (Karvalyu), Jon Terri va chap qanot himoyachisi Gallas. Tiagu, Makelele, Frenk Lempard, Jo Koul, Drogba va Gudonsen. Ajoyib yakun bo'ldi menimcha!".

Oradan bir kun o'tdi: Joze raqibining tarkibini to'g'ri topdi, biroq o'zining tarkibida adashdi: Gudonsen o'rnida Daff maydonga tushdi.

Matbuot anjumanida Jozening qilgan qilig'i "Barselona" bosh murabbiyi Frank Raykardga yoqmadi:

"CHelsi" 3 kundan buyon yopiq eshiklar ortida shug'ullanmoqda. To'g'risini aytsam, "CHelsi" qanday tarkib qo'ysa ham men uchun syupriz bo'lardi. Xo'p, Mourino o'yinga bir kun qolganida tarkibni aytib bersa, uch kunlik yopiq mashg'ulotlardan nima mano?".

Garchi etakchilari qaytgan bo'lishiga qaramasdan, dastlabki uchrashuvda "CHelsi" 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi, Drogba 56-daqiqada zaxiraga olindi, shundan keyin "Barsa" ikkita gol urdi. Javob o'yinida Mour jamoasii raqiblarini 4:2 hisobida dog'da qoldirdi va navbatdagi bosqichga yo'l oldi.

Undan tashqari, "Portu"da ishlab yurgan paytlarida ham MYUga qarshi o'yindan oldin tarkibni topishga urinib ko'rgan. O'shanda u to'g'risini aytib, Fergyusonning jig'iga tegmoqchi bo'lganini tan olgan.

Keyinchalik "CHelsi" "Bavariya" bilan o'ynadi. Buning tarixini sizlarga etkazib berganmiz)

Nihoyat! Mourino UEFAni aldaganini tan oldi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика