So’nggi yangiliklar

14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  0 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   1 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  6 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  14 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  2 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  5 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  13 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   4 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  24 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  6 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  6

“Yoshlik”ning yosh futbolchilari g'olib Yangiliklar

“Yoshlik”ning yosh futbolchilari g'olib

Teglar :  Yoshlik
Mamlakatimizda futbol, xususan bolalar futbolini rivojlantirish yo'lida ibratli ishlar amalga oshirilmoqda.

Joylarda o'tkazilayotgan musobaqalar yosh “charm to'p” ustalarining mahoratini oshirishga xizmat qilayotir.

Bu  Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi  tasarrufidagi Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi tomonidan 2019 yil-“Faol investiciyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”ga bag'ishlab 2003-2004 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida  uyushtirilgan  ochiq birinchilik mobaynida ham isbotini topdi.

Mazkur musobaqada Xorazm viloyatining shahar va tumanlari jamoalari ishtirok etdi. Xususan, yarim finalning dastlabki uchrashuvida viloyat markazining  “Yoshlik”(murabbiyi SHohruh Yoqubov) va “Dinamo”(murabbiyi Ilyos Xayrov) jamoalari o'zaro kuch sinashdi. Bu o'yinda “Yoshlik” jamoasi   2:0 hisobida g'alaba qozondi. Ikkinchi yarim final bahsida Urganch tumanining ikkita jamoasi ro'para keldi. Ushbu qarama-qarshilikda “G'oybu” jamoasi(murabbiyi Odamboy Qurbonniyozov) “Lochin”(murabbiyi SHixnazar Ollaberganov)ni mag'lubiyatga uchratdi, 2:1.

Hal qiluvchi uchrashuvda “Yoshlik”ning yosh futbolchilari “G'oybu”lik tengdoshlarini kichik, 2:0 hisobida engib, musobaqa g'olibiga aylanishdi. Natijada, “G'oybu” jamoasi ikkinchi o'rin bilan kifoyalandi. Yarim finalda mag'lubiyatga uchragan jamoalarga uchinchi o'rin nasib etdi.

Musobaqaning yopilish marosimida g'olib va sovrindor jamoalar hamda eng yaxshi futbolchilar – Rasul Solijonov(darvozabon, “Yoshlik”), Husan Egamberdiev(himoyachi, “G'oybu”), Qutlumurod Qutlumurodov(hujumchi, “Lochin”)lar tashkilotchilar tomonidan taqdirlanishdi.

Ikrom  XUDOYBERGANOV.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика