So’nggi yangiliklar

23:31Ўртоқлик учрашуви. Саудия Арабистони Шимолий Македония термасини мағлуб қилди  0 23:23ЖЧ-2026 саралаши. Болгария - Испания, Словакия - Германия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  0 23:09Ўзбекистон терма жамоаси Қирғизистонга қарши ўйин олдидан машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  4 22:51Эрон "CAFA Nations Cup-2025" финалига йўлланма олди  4 22:15Килиан Мбаппе: "Бизга дам керак"  3 21:51Трентнинг "Реал"га ўтганига бўлган муносабат Майкл Оуэнга ёқмади  1 21:25Элдор Шомуродов: "Ниятимиз финалга чиқиб, чемпион бўлиш"  11 20:59ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз майдонида Уэльсга имкониятни бой берди  14 20:40"Насаф" назорат ўйинида "Шўртан"га икки марта ютқазди  2 20:20МЮ "Атлетико" футболчисини ижарага олмоқчи бўлган, аммо рад жавобини олган  0 19:52Саудия Арабистони клублари "Челси"нинг икки футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 19:24Де ла Фуэнте: "Карвахаль ва Родри – ўз позициясида дунёнинг энг яхши икки футболчиси"  1 18:56CAFA Nations Cup. Ҳиндистон Афғонистон билан дуранг ўйнаб, 2-ўринга жойлашди  7 18:22"Барселона" ва "Арсенал" "Ноттингем Форест" футболчисини нишонга олди  1 17:54"Фулхэм" "Бавария" футболчисини ижарага олди  0

“Yoshlik” - ochiq birinchilik g'olibi Yangiliklar

“Yoshlik” - ochiq birinchilik g'olibi

Teglar :  YoshlikXorazm
Xorazm viloyati markazida qad rostlagan “Yoshlik” sport majmuasi stadionida 2004-2005 yillarda tug'ilgan yosh futbolchilar o'rtasida Urganch shahridagi Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan BO'SMning ochiq birinchiligi nihoyasiga etdi.

Birinchilikda mezbonlardan tashqari Qoraqalpog'iston respublikasi va  Navoiy viloyatlaridan jami 14 ta jamoa qatnashdi. Dastlab uchrashuvlar to'rt guruhda olib borildi. So'ngra, o'z guruhlarida yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lgan sakkizta jamoa chorak finalda maydonga tushdi. O'z navbatida ushbu juftlik g'oliblari yarim finalda o'zaro kuch sinashishdi.

Yarim final
Urganch OZK(Urganch) – “Turon”(Nukus) – 0:1,
“Yoshlik”(Urganch)-“Do'stlik”(Urganch) – 2:0.

Hal qiluvchi uchrashuvda “Yoshlik” jamoasining yosh futbolchilari nukuslik tengdoshlarini 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratib, qutlug' ayyom munosabati bilan uyushtirilgan ochiq birinchilik g'olibiga aylanishdi. “Do'stlik” jamoasiga uchinchi o'rin nasib etdi.

- Sport maktabimiz tomonidan bayramlar va shonli sanalar munosabati bilan musobaqalar tashkil etishni ananaga aylantirganmiz, - deydi Urganch shahridagi SO'EAIBO'SMning yo'riqchi-uslubchisi Anvar Alimov.-Bu gal ham bundan mustasno bo'lmadi. Albatta, bundan yosh “charm to'p” ustalarimiz juda xursand bo'lishdi. Ayniqsa, birinchiligimizda Qoraqalpog'iston respublikasi va Navoiy viloyati  jamoalarining ishtiroki musobaqamiz nufuzini yanada oshirib yubordi.

-  Jamoam finalgacha etib kelganidan juda xursandman, - deydi “Turon” jamoasi murabbiyi Jalg'ashbay Sarsenov. -  Musobaqa yuqori saviyada o'tkazildi. Asosiysi, ushbu o'yinlar shogirdlarimning mahoratining oshishiga xizmat qildi. Umid qilamanki, kelgusida ular orasida yurtimiz dovrug'ini ko'klarga ko'taradigan sportchilar etishib chiqadi. Bunga aminman.
   


Ikrom XUDOYBERGANOV


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика