Unga ko'ra, futbolchi 55 mln evro evaziga "Tottenxem"ga o'tadi. Gana termasi futbolchi yangi klubi bilan 6 yillik shartnoma imzolaydi. U payshanba kuni yangi klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Yakunlangan mavsumda Kudus APLning 32 o'yinida qatnashib, 5 gol va 3 assist qayd etdi.
Shunday bo'lgan taqdirda Kudus "Tottenxem" uchun eng qimmat futbolchilardan biriga aylanadi va reytingda 2-o'rinni egallaydi. "Shporlar"ning hozirgacha eng qimmat transferi Dominik Solanke bo'lib turibdi. U 55,4 mln funt evaziga "Bornmut"dan transfer qilingandi.