So’nggi yangiliklar

00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Дарвозабоннинг ПСЖ билан шартномаси 2026 йилда тугайди, футболчи КЖЧ битимни узайтириш борасида қарор қабул қилади  0 23:58Шквирин "Андижон"да  1 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  2 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  4 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  8 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  4 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  3 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  9 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  17 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  15 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  20 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  5 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2

"Real"ni "Barselona"ning 20 yoshli tarbiyalanuvchisi mag'lub etdi. Kukurelya yangi Marselomi? Yangiliklar

"Real"ni "Barselona"ning 20 yoshli tarbiyalanuvchisi mag'lub etdi. Kukurelya yangi Marselomi?

24 noyabr kuni LaLiganing 13-turidan o'rin olgan bahsda "Eybar" Madridning "Real" klubini qabul qildi.

Bor-yo'g'i 6 ming kishiga mo'ljallangan "Munisipal de Ipurua" stadionida o'tgan uchrashuv kutilmagan natija bilan yakunlandi. Yangi murabbiy - Santyago Solari bilan ajoyib natijalarni qayd eta boshlagan "Qirollik klubi" mehmonda "kaltaklan"di. Ushbu muvaffaqiyatsizlikning asosiy sababchisi "Real"da emas, "Eybar" safida. Uning ismi Mark Kukurelya

1998 yilda tug'ilgan Mark Kukurelya "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2012-2017 yillarda La Masiyada futbol sirlarini o'rgangan Kukurelya 2018 yilda Kataloniya klubi bilan shartnoma imzoladi. Ko'k-anorranglilar joriy mavsum oldidan yigitchani "Eybar"ga ijaraga berishdi va kutilmaganda u klubning asosiy tarkib futbolchisiga aylanib oldi. Hozirgacha u LaLiganing 7ta uchrashuvida maydonga tushishga ulgurdi. Golli paslari soni 2ta.


"Real"ga qarshi bahs haqida

Sarlavhada uni Marseloga o'xshatganman, ammo 20 yoshli futbolchi chap qanot yarim himoyachi rolida harakat qiladi. SHunga qaramasdan uning soch turmagi, hujumdagi harakatlari menga "Real"ning braziliyalik futbolchisini eslatib yubordi. "Qirollik klubi"ga qarshi bahsdagi ilk golli hujumni Kukurelya boshlab berdi. Raqibning xavfli vaziyati bartaraf etilganidan so'ng, Mark to'p bilan markaz bo'ylab katta tezlikda oldinga yugurdi va to'pni qaytib olish niyatida uni chap qanotdagi jamoadoshiga uzatdi.

Kukuning g'oyasini tushungan Fabian Orelyana to'pni uning yo'liga tashlab berdi. Kukurelya jarima maydonchasiga kiradi va to'pni markazda ochiq turgan Kikega uztadi.

Birinchi zarbani "Real" darvozaboni Tibo Kurtua qaytardi, ammo Gonsalo Eskalantening betartib harakatlari gol bilan yakunlanadi. Hakam VARdagi yordamchilari orqali ofsayd yo'qligini biladi va golni hisobga oladi.

Kukurelya o'yin davomida bir necha marta chap qanotdan to'pni raqib jarima maydonchasiga uzatib berdi va ularning deyarli barchasi o'z manziliga etib bordi. Kuku ikkinchi golda "Real" safida ilk mavsumini o'tkazayotgan Alvaro Odriosoladan aqlliroq bo'lib chiqdi. Uzatma qabul qilishda raqibini shoshirib qo'ygan 20 yoshli futbolchi bir harakat bilan to'pni olib qo'ydi va tezda Serxi Enrikka pas berib, maydonni yaxshi ko'ra olishini isbotladi.

Uchinchi gol ham Kukurelya tufayli urildi desam adashmagan bo'laman. "Qurolchilar"ning o'ng qanotdan start olgan hujumi qarama-qarshi qanotga ko'chdi. Jingalak sochli "Eybar" yarim himoyachisi to'pni egallab oldi va bir qarashda Serxi Enrikda gol urish uchun yaxshi imkoniyat bor deb hisobladi. Uzatma amalga oshdi, biroq to'p Enrikdan o'tib, Kikega tushdi va mezbon jamoa hujumchisi bo'sh darvozani ishg'ol qildi.

"Eybar"ning hamma golli hujumi Mark Kukurelyaning uzatmasi orqali amalga oshdi. To'g'ri, o'sha qanotda tajribasiz Odriosola o'ynadi, ammo 20 yoshli yarim himoyachi ham LaLigada debyut mavsumini o'tkazmoqda. Futbolchi boshini ko'targanda vaziyatni to'g'ri baholay olishi hamda qaror qabul qilishda adashmasligi uni yorqin kelajak kutayotganini bildiradi. Buning ustiga yarim himoyachi katta tezlik va kuchli texnikaga ega. Qisqacha qilib aytganda, Kukuga La Masiyada olgan bilimlar as qotmoqda. Tez orada saytimizda ushbu futbolchiga yirik klublar qiziqish bildirayotganini o'qib qolishingiz hech gap emas.

TAS-IX

 


TAS-IX emas


Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика