So’nggi yangiliklar

21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хёйсен эса...  0 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  2 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  4 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  8 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  4 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  2 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  7 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  2 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  1 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  5 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  9

Osiyo Kubogi-1972. Final o'yini bo'lgan dastlabki chempionat Yangiliklar

Osiyo Kubogi-1972. Final o'yini bo'lgan dastlabki chempionat

Xabaringiz bor, 2019 yilning 5 yanvarida Birlashgan Arab Amirliklarida hisob bo'yicha XVII Osiyo Kubogi start oladi.

SHu munosabat bilan o'quvchilarimizga oldingi 16ta qita chempionati haqida malumotlar berib borishga qaror qildik.


Dastlabki to'rtta Osiyo Kubogi haqida malumot bergan edik. 

Osiyo Kubogi-1960. Janubiy Koreya ikki karra qita chempioni

Osiyo Kubogi-1956. Dastlabki musobaqada Janubiy Koreya g'olib

Osiyo Kubogi-1964. Uchinchi urinishda chempion bo'lgan Isroil

Osiyo Kubogi-1968. Eron ham o'z uyida chempion


Bu safar 1972 yilgi Osiyo Kubogiga “sayr qilamiz”.

1972 yilgi qita chempionati Tailand mamlakatida bo'lib o'tgan. Ushbu musobaqa saralashida Yaponiya, Isroil, Xitoy va boshqa bir qator jamoalar qatnashishni istashmagan. CHempionat oldingilaridan farqli ravishda ikki guruhdan va pley-off uchrashuvlaridan iborat bo'lgan.

Tarixda ilk bor Osiyo Kubogi g'olibi final uchrashuvidan so'ng malum bo'lgan. Bundan tashqari ilk bor uchinchi o'rin uchun o'yin ham o'tkazilgan.

Bu safar musobaqada mezbonlardan tashqari amaldagi chempion Eron, Kuvayt, Janubiy Koreya, Iroq va Xmer Respublikasi (hozirgi Kambodja) terma jamoalari ishtirok etishdi. May oyida bo'lib o'tgan chempionatning barcha o'yinlari Bangkok shahridagi “Milliy” stadionda bo'lib o'tgan.

Finalda ikki karra Osiyo chempioni Janubiy Koreya va amaldagi g'olib Eron terma jamoalari to'qnash kelishgan. Asosiy vaqtda 1:1 hisobi qayd etilgan. Qo'shimcha taymlarda forslar g'alaba to'pini kiritib ketma-ket ikkinchi bor qitamizda tengsiz bo'lishgan. Eronlik Hussayin Kaloni 5ta gol bilan musobaqa to'purari bo'lgandi.


Osiyo Kubogi-1972
Mezbon mamlakat:
Tailand
Muddati: 7 – 19 may
Jamoalar soni: 6ta
Mezbon shahar: 1ta

Musobaqa statistikasi:
O'yinlar soni:
13ta
Gollar soni: 38ta (o'rtacha 2,92tadan)
To'purarlar: Hussayin Kaloni (Eron) - 5ta gol



Guruhlarga ajratish uchun saralash o'yinlari

Janubiy Koreya – Iroq 0:0 (penaltilar seriyasi 2:4)
Eron – Xmer Respublikasi 2:0
Tailand – Quvayt 0:2


“A” guruhi
Eron – Iroq 3:0
Gollar: 
Kaloni 34, 70, 87

Tailand – Iroq 1:1
Gollar: 
Meelarpkit 57 – Yusuf 6

Tailand – Eron 2:3
Gollar: 
Tantariyanond 69, 70 – Jabbori 80, 86, 88

#

“A”guruhi

O'

YU

D

M

T-N

O*

1

Eron

2

2

0

0

6-2

4

2

Tailand

2

0

1

1

3-4

1

3

Iroq

2

0

1

1

1-4

1


* - o'sha paytda g'alaba uchun 2 ochko berilgan.



“B” guruhi
Janubiy Koreya – Xmer 4:1
Gollar: 
Park Su Dek 37, Li Xoi Tek 59, CHa Bum Kun 69, Park Li CHun 78 – Doeur Sokxom 82.

Janubiy Koreya – Quvayt 1:2
Gollar: 
Park Li CHun 2 – Sulton 25, Duraixam 73

Xmer – Quvayt 4:0
Gollar: 
Doeur Sokxom 23, Sok Sun Xan 56, Tes Sen 59, Sea CHeng Eang 80


#

“B”guruhi

O'

YU

D

M

T-N

O*

1

Janubiy Koreya

2

1

0

1

5-3

2

2

Xmer Respublikasi

2

1

0

1

5-4

2

3

Quvayt

2

1

0

1

2-5

2


* - o'sha paytda g'alaba uchun 2 ochko berilgan.



Yarim final
Eron – Xmer 2:1
Gollar
: Iranpak 13, Gelichkani 47 – Doeur Sokxom 18

Janubiy Koreya – Tailand 1:1 (penaltilar seriyasi 2:1)
Gollar:
Park Li CHun 115 – Tantariyanond 98

Uchinchi o'rin uchun bahs  
Xmer – Tailand 2:2 (penaltlar seriyasi 3:5)

FINAL
Eron  – Janubiy Koreya 2:1
17 may 1972. Bangkok. “Milliy” stadion. 15000 tomoshabin
Bosh hakam: 
Sivapalan Katxiravale (Malayziya)
Gollar: Jabbori 48, Kaloni 108 – Park Li CHun 65



Osiyo Kubogi-1968 chempion tarkib
Darvozabonlar

Bahrom Mavaddat
Nossir Xejazi

Himoyachilar
Jafar Kashani
Mustafo Arab
Ibrohim Ashtiani
Akbar Kargarjam
Parviz Gelichkani
Mehdi Monajati
Javad Gorab
Majid Xalvaei

Yarim himoyachilar
Ali Parvin
Ali Jabbori

Hujumchilar
Asqar SHarafi
G'ulom Hussayin Mazlumi
Humoyun Behzodi
Hussayin Kalani
Safar Iranpak
Bosh murabbiy: Muhammad Ranjbar


Narzulla Saydullaev

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика