So’nggi yangiliklar

07:34Элдор Шомуродов хайрлашув хатини ёзди  1 01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  1 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  10 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  5 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  6 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  14 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  9 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0

"Nurafshon" Xitoydagi turnirda 3-o'rinni qo'lga kiritdi Yangiliklar

"Nurafshon" Xitoydagi turnirda 3-o'rinni qo'lga kiritdi

Teglar :  Nurafshon
Toshkent viloyatining eng “kenja jamoasi” (AGMK va “Metallurg” klublaridan keyin) sanalgan “Nurafshon” uchun ortda qolayotgan yil nihoyatda omadli keldi.

Jamoa azolari birinchi bor proligada ishtirok etishlariga qaramasdan, ilk urinishdayoq yuqori natijani qayd etib, “V” guruhida birinchi o'rinni egallashdi. Biroq 27 noyabr kuni Olmaliq shahrida superligaga o'tish o'yinida “Istiqlol” (Farg'ona) jamoasiga 1:2 hisobida imkoniyat boy berildi. Klub rahbariyati bolalar futboliga katta etibor qaratgan. 

Xabaringiz bor, Cuperliga va proliga klublarining tayyorlov guruhlari o'rtasida Qarshi shahrida o'tgan mamlakat chempionatida “Nurafshon”ning 2002 yilda tug'ilgan o'smirlardan iborat jamoasi kuchli to'rtlikka kirgani ham yuqoridagi fikrimizni tasdiqlaydi. Yurtimizda futbol mavsumi allaqchon tugagan bo'lsa, “Nurafshon” uchun endi yakuniga etdi, deyish mumkin. CHunki Vohid Xolboev shogirdlari 8-16 dekabr kunlari Xitoyning Kunmin shahrida o'tgan xalqaro turnirda qatnashdi. Unda mezbonlardan 4 ta, shuningdek, Serbiya, Tailand, Pokiston vakillari ham o'z omadlarini sinab ko'rishdi. Turnir yakunida poytaxt viloyati jamoasi sovrinli uchinchi o'rindan joy oldi. Klubning bunday yuqori ko'rsatkichlarga erishishida jamoa murabbiylar shtabining xizmatlarini alohida takidlash joiz. 

Mavsum davomida Vohid Xolboevga tajribali Oleg Tyulkin va murabbiylik sohasida dastlabki qadamlarini tashlayotgan Asqar Jadigerovlar ko'mak berdi. O'z vaqtida O'zbekistonning turli termalari va bir qator klublarida faoliyat yuritgan Rustam Mehmonov shifokorlik vazifasini  alo darajada uddaladi.  Klub prezidenti O.Rustamov, D.Djalimov, D. Ilyasov hamda A.Batirbekovlar o'zlariga yuklatilgan vazifani oshig'i bilan uddalashdi.

Fursatdan foydalanib, klub rahbariyati O'zbekiston ahlini yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy qutlaydi. 2019 yil barchaning xonadoniga tinchlik xotirjamlik, sog'lik, salomatlik, xalqaro maydonlarda yurtimiz shanini himoya qiladigan turli yoshdagi O'zbekiston jamoalariga va klublariga omadlar tilaydi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика